Xalq ta’limi muammolarini


Download 39.37 Kb.
bet1/8
Sana04.04.2023
Hajmi39.37 Kb.
#1325332
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
rrnQVDyrKY53ofYZDRBIxwXiBW6pWp1R9AVXrrqq




A.Avloniynomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI, IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI, IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARLARI UCHUN UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH”


o‘quv kursining
BOSHQARUVDA HUQUQIY MASALALAR
moduli bo‘yicha

TA’LIM TIZIMI FAOLIYATINI TA’MINLASHNING


ME’YORIY –HUQUQIY ASOSLARI”
mavzusidan ma’ruza matni



Ma’ruzachi: Toshbekova Mohira Xasanovna


Toshkent 2022
1-MAVZU: TA’LIM TIZIMI FAOLIYATINI TA’MINLASHNING
ME’YORIY –HUQUQIY ASOSLARI.
REJA:
1.1. O‘zbekiston Raspublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuni va mohiyati.
1.2. DTS va umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom mazmuni.
1.3. 2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturi mohiyati, o‘quv jarayonini va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish masalalari.


Tayanch iboralar: ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, DTS, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizom, xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur, o‘quv jarayonini va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish



    1. Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni mazmuni va mohiyati.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni mazmun va mohiyati

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan
Prezident tomonidan 2020 yil 23 sentyabrda tasdiqlangan
Matbuot tomonidan 2020 yil 24 sentyabrda e’lon qilingan
Mazkur qonun 11 bob, 75 moddadan iborat bo‘lib, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Download 39.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling