Xalq ta’limi muammolarini


ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari


Download 39.37 Kb.
bet3/8
Sana04.04.2023
Hajmi39.37 Kb.
#1325332
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
rrnQVDyrKY53ofYZDRBIxwXiBW6pWp1R9AVXrrqq

ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari — ta’lim oluvchilar, voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi — ta’lim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari hamda o‘quv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
Bilim olish huquqi:
1. Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
2. Ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish; 3. Ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;
4. Barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
5. Oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
-Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning 4 moddasiga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-ta’lim ustuvorligining tan olinishi; - ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
-ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi; -ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; -ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; -ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; -ta’limning uzluksizligi va izchilligi; -o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; -davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; -o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; -insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi; -ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi; -bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi; -ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi; -ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

Download 39.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling