1-mavzu: Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi


ILOVALAR “XULOSALASh” (REZYuME, VEER) METODI


Download 444.99 Kb.
bet16/23
Sana17.06.2023
Hajmi444.99 Kb.
#1547779
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
kommunikativ madaniyat uslubiy qo\'llanma

ILOVALAR

“XULOSALASh” (REZYuME, VEER) METODI


Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda talabalarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza mashg‘ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.

“FSMU” METODI


Metodning maqsadi: Mazkur metod ishtirokchilardagi umumiy fikrlardan xususiy xulosalar chiqarish, taqqoslash, qiyoslash orqali axborotni o‘zlashtirish, xulosalash, shuningdek, mustaqil ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur metoddan ma’ruza mashg‘ulotlarida, mustahkamlashda, o‘tilgan mavzuni so‘rashda, uyga vazifa berishda hamda amaliy mashg‘ulot natijalarini tahlil etishda foydalanish tavsiya etiladi.
- ishtirokchilarning munosabatlari individual yoki guruhiy tartibda taqdimot qilinadi.
FSMU tahlili qatnashchilarda kasbiy-nazariy bilimlarni amaliy mashqlar va mavjud tajribalar asosida tezroq va muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga asos bo‘ladi.

Metodni amalga oshirish tartibi:


qatnashchilarga mavzuga oid bo‘lgan yakuniy xulosa yoki g‘oya taklif etiladi;
har bir ishtirokchiga FSMU metodining bosqichlari yozilgan qog‘ozlarni tarqatiladi:
Muloqotdoshlikni aniqlovchi test:

    1. Siz gapirishdan ko‘ra eshitishni yaxshi ko‘rasizmi?

    2. Siz o‘zingiz tanimagan kishi bilan suhbatlashish uchun har xil mavzu topa olasizmi?

    3. Siz doimo o‘z suhbatdoshingizni diqqat-e’tibor bilan, o‘ta ziyraqlik

bilan tinglaysizmi?

    1. Siz o‘zga kishilarga maslahatlar berishni yoqtirasizmi?

    2. Suhbat mavzusi siz uchun qiziqarli bo‘lmasa suhbatdoshingizga buni bildira olasizmi?

    3. Suhbatdoshingiz sizni tinglamayotganini sezsangiz jahlingiz chiqadimi?

    4. Sizni har qanday masala yuzasidan o‘z shaxsiy fikringiz bormi?

    5. Suhbat mavzusi siz uchun notanish bo‘lsa suhbatni davom ettirasizmi?

    6. Siz hammaning nigohida, diqqat markazida bo‘lishni yoqtirasizmi?

    7. Siz yetarli darajada bilimga ega bo‘lgan kamida uchta predmet asosini egallaganmisiz?

    8. O‘zingizni dilkash deb hisoblaysizmi?

Testning kaliti: “Ha”-1, 2, 3, 6, 7, 8, 9, 10, 11; “Yo‘q- 4, 5. Har bir javob
1 ball. 1-3 :
Siz bilan muloqotda bo‘lish har doim ham yoqimli emas, hatto ba’zida bu jarayon juda og‘ir kechadi. 4-9 ball:
Siz boshqalar uchun yoqimli suhbatdoshsiz, ammo kayfiyatingizga ko‘p narsa bog‘liq. 10-11 b:
Siz muloqot jarayonida juda yoqimli suhbatdoshsiz, ammo uni juda oshirib yubormang.




Download 444.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling