1-mavzu: Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi


Download 110.87 Kb.
bet1/5
Sana23.11.2023
Hajmi110.87 Kb.
#1794849
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Muloqot madaniyatining fan sifatida rivojlanishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM VAZIRLIGI
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI (MAHSUS SIRTQI) VA MASOFAVIY TA’LIM BO’LIMI
9-2PSS-20 guruh talabasi
Davronova Sevara Komiljonovnaning


Umumiy psixologiya fanidan
MUSTAQIL ISH

Mavzu:Kamunikativ emotsiyalar


Bajardi:_____________________________


Qabul qildi:___________________________
Buxoro 2023
M avzu: Kamunikativ emotsiyalar.
Reja:
Kirish
Asosiy qism

  1. Qobiliyat va pedagogik qobiliyat haqida tushuncha

  2. Kamunikativ emotsiyalar

  3. Kommunikativ qobiliyatini rivojlantirish yo’llari.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Vatanimizning milliy g'oyasi barcha millatlar uchun umumiydir.
Ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar baxtli turmush, farovon hayot, o'zaro totuvlik, mustaqillik tuyg'usiga sadoqat, ezgu niyatlari ushalishini kafolatlaydi. Milliy g'oyani bolalar ongiga yoshlikdan singdirish darkor. Bog'cha yoshidagi bolalarga ham faqat yodlatish orqali mashg'ulotlarni o'tkazmasdan, trening mashg'ulotlardan, ayniqsa, muomala treningidan ko'proq foydalanish maqsadga muvofiq. O'zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin davlat va jamiyat hayotida birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, bu borada asosiy islohotlar milliy istiqloldan so'ng amalga oshirildi. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o'zbek tilining musaffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti. Natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo yoshlarda nutq madaniyatini shakllantirishdir. Shuningdek, o'qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala odobini

Download 110.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling