1-Mavzu: muloqot psixologiyasining predmeti, maqsad va vazifalari reja: Muloqot haqida umumiy tushuncha


- mavzu.Guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar


Download 125.53 Kb.
bet29/35
Sana20.06.2023
Hajmi125.53 Kb.
#1633937
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
sportda muloqot

15 - mavzu.Guruhiy jarayonlarda shaxslararo munosabatlar.
Reja:
1.Guruhiy jarayonlarda shaxslararo idrok.
2. Shaxslararo nomunosiblik fenomeni bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
Ijtimoiy psixologiyada rasmiy bo'lmagan guruhlar ham mavjud. Bunday guruhdagi kishilar bir-birlari bilan juda uyushgan bo'ladilar. Chunki ularning xarakterlari, qiziqishlari bir-birlariga mos keladi. Bunday norasmiy guruhlar tanaffus paytlarida shakllanadi. 7—8 kishidan iborat uyushma muloqot orqali birlashadi. Natijada norasmiy guruh paydo bo'ladi. Shunday guruhlar bayram konsertlaridan awal, dam olish zonalarida, kechqurun uyda to'planilganda o'z-o'zidan tashkil qilinadi. Insonda hissiy va vaqt imkoniyati chegaralangan. Shuning uchun kishi faqat 7—8 kishi bilan birgalikda muloqotda bo'la oladi. Shuning uchun katta jamoada rahbar bilan xodimlar o'rtasida ziddiyatlar tez kelib chiqadi. Norasmiy guruh a’zosi rahbardan ham guruh a’zolaridan ham bir xil xatti-harakatni kutsa ziddiyat kelib chiqmaydi. Agar rahbar boshqa talab, guruh a’zolari boshqa talab qo'ysalar nizolar kelib chiqishi, jamoaning ruhiy muhiti buzilishi mumkin. Psixologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, guruh a’zolarining ijobiy munosabati eng yaxshi mukofotdan ham yaxshiroq ekan. Ogohlantirish olganga nisbatan guruh a’zolarining hurmatidan qolish yomonroq. Guruh qanchalik uyushgan bo'lsa, rahbar bilan ziddiyatga borish shunchalik uzoqlashadi. Chunki guruh a’zosini jamoa himoya qiladi. Demak, rahbar alohida odamni emas, balki butun bir guruhni boshqarishi kerak. Guruhning bilimisiz rahbar shu jamoani boshqarishi qiyin bo'ladi. Demak, norasmiy guruhlar doimo rivojlanib, chuqurlashib boraveradi. Chunki uni tug'diradigan sharoitlar — bu kishilaming qiziqishlari, qarashlari, bir-birlarini tushunishlaridir. Guruhda kishilarning madaniyat darajasi bir xil bo'lsa, bunday guruh referent (uyushgan) guruhga aylanib boradi. Referent guruhdagi kishilarda bir-birlariga nisbatan attraksiya, simpatiya tez shakllanadi. Guruhga yangi kelgan shaxsni guruh yaxshi kutib olmasa, qarashlari to'g'ri kelmasa ziddiyat kelib chiqadi. Guruhning o‘z qonun-qoidalari mavjud bo'ladi. Guruh a’zolari unga albatta bo‘ysunishlari kerak. Aks holda ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Guruhdagi me’yor, tartib va qoidalar shaxsning shu guruhda o‘z o'rnini topishiga, mavqeni egallashiga yordam beradi. Rahbarlar guruh a’zolarining fikri bilan hisoblashishlari, guruhning fikrini qo'llab-quvvatlashlari lozim. Shundagina jamoada ruhiy muhit yaxshilanadi, ziddiyatlar kamayadi.
Shaxslararo munosabatlar - bu shaxslar o'rtasida shakllanadigan munosabatlar. Ular ko'pincha his-tuyg'ularni boshdan kechirish bilan birga keladi, insonning ichki dunyosini ifodalaydi.
Shaxslararo munosabatlar quyidagi turlarga bo'linadi:
1) rasmiy va norasmiy;
2) biznes va shaxsiy;
3) ratsional va hissiy;
4) tobe va paritet.
Rasmiy asosda vujudga keladigan va nizomlar, farmonlar, farmoyishlar, qonunlar bilan tartibga solinadigan munosabatlar deb ataladi. Bu munosabatlar huquqiy asos. Odamlar bunday munosabatlarga bir-biriga nisbatan shaxsiy yoqtirishlari yoki yoqtirmasliklari uchun emas, balki pozitsiyasidan kelib chiqadilar. 

Download 125.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling