1-mavzu: Muloqot shaxslararo axborotlar almashinuvi, kommunikatsiya sifatida (D. Karnegi) Reja
Download 140.63 Kb. Pdf ko'rish
|
awPcISPTBQdosSXtNbDKrP60w9hvn2wssa9xjwb6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multimedia kommunikatsiyasi
- Muloqotning kommunikativ jihati
Og‘zaki kommunikatsiya (bu davrda jamoa doirasida kommunikativ muhit
kommunikantlarni bevosita har tomonlama qamrab olgan); Yozma kommunikatsiya (yozilgan xabarlar vaqt va makon tosiqlarini kesib otgan); Nashr-kommunikatsiya (kommunikantlarni yalpi qamrab olishning oshishi, «Gettenberg galaktikasi»ning yaratilishi, ya’ni bosma kitoblar chop etish texnologiyasining ixtiro qilinishi); Multimedia kommunikatsiyasi (bevosita muloqotga global miqyosda kirishish). Kommunikatsiya muammolarini gumanitar, tabiiy va texnik fanlar vakillari tadqiq qilishadi. Faqat insonlararo emas, balki hayvonlararo, kompyuterlararo, «inson-mashina» va aloqa tizimlarida axborot almashinuvini organuvchi fanlarning vakillari – kibernetiklar, biologlar, etologlar, semiotiklar axborot almashinuvini kommunikatsiya deb ataydilar. Shuningdek, XX asrning 60-yillarida amerikalik sotsiloglar (Lazarsfeld, Lippman, Lassuell, Merton, Maklyuen va boshqalar) oz tadqiqotlarida «ommaviy kommunikatsiya» atamasini ham qollay boshladilar. Shu tariqa, kommunikatsiya nazariyasi mustaqil fan sifatida shakllanib borib, ozining predmeti, kategoriyalar apparati, oz qonuni va tarixiga ega boldi. Kommunikatsiya nazariyasi axborot almashinuvining universal mexanizmlari va qonuniyatlarini organadi. Shuningdek, uning ommaviy kommunikatsiya nazariyasi, shaxslararo kommunikatsiya nazariyasi kabi tarmoqlari ham mavjud. Kommunikatsiyani amalga oshirish imkoniyati muayyan shartlar bajarilgandagina paydo boladi. Ular quyidagilar: kommunikativ jarayon uchun kamida ikki tomonning ishtiroki zarur; kommunikatsiya doimo teskari aloqa tamoyiliga tayanadi; kommunikatsiya ma’lum belgilar tizimisiz amalga oshirilmaydi. Hаr qanday nazariyada bo‘lganidek, kommunikatsiya nazariyasi ham «axborot», «kommunikatsiya», «axborot almashinuvi», «kommunikativ makon» kabi o‘ziga xos tushunchalari (kategoriyalari)ga ega. M.Veber, G.Gadamer, G.Shpetler ilgari surgan kommunikatsiya modelida kommunikatsiyaning asosiy natijasi bu insonning boshqa inson tomonidan tushunilishi, o‘zaro tushunish deb ataladi. Kommunikatsiya – bu o‘ziga xos axborot almashinuvi bolib, uning natijasida jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga intellektual va emotsional axborotni uzatish jarayoni kechadi. Kommunikativ jarayonning turli modellari mavjud. Misol uchun, Aristotel kommunikatsiya jarayonining uchta (notiq – nutq – auditoriya) komponentini ajratgan bo‘lsa, zamonaviy variantda u «kommunikator – xabar – kommunikant» ko‘rinishiga ega. Qator qomusiy va izohli lug‘atlarda «kommunikatsiya» atamasi «xabar yo‘li, muloqot» deb talqin qilingan. Taniqli faylasuf M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya va muloqot kamida ikki jihatdan farqlanadi. Birinchidan, «muloqot amaliy, moddiy va manaviy axborot almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa … u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir». Ikkinchidan, ular o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalari bo‘yicha bir-biridan ajralib turadi. Kommunikatsiya subyekt-obyekt aloqasi bo‘lib, unda subyekt ma’lum axborotni uzatadi, obyekt esa axborotning passiv qabul qiluvchi sifatida namoyon bo‘ladi, uning vazifasi axborotni qabul qilish, tushunish, yaxshi anglash va shu axborotni inobatga olib, harakatlanishdan iborat. Shunday qilib, M.S.Kagan fikricha, kommunikatsiya bir tomonga yo‘naltirilgan jarayondir. Muloqot esa, aksincha, subyekt-subyekt aloqasi bo‘lib, unda «xabarlar jo‘natuvchisi va qabul qiluvchilar yo‘q, balki suhbatdoshlar, umumiy faoliyat ishtirokchilari bor». Muloqotda axborot sheriklar o‘rtasida harakatlanadi, demak, muloqot jarayoni kommunikatsiyadan farqli ravishda ikki tomonlama yo‘naltirilganlik xarakteriga ega. Muloqot insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, Shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri tarif berish oson emas. Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan. Muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondirishga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi. Muloqot layoqati R.S.Nemovning fikricha, inson bolasi ozida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bolgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga yetganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda ozlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi. Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, yani «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirishga xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar yetib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘p. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va yetkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, axloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. B.F.Lomov va L.A.Karpenkoning fikricha, muloqotning 3 xil vazifasi mavjud: 1. Kommunikativ (axborot uzatish) vazifa. Muloqotning kommunikativ jihati – muloqotda hamkorlikdagi faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga olib, ma’lumot almashinuv sifatida ta’riflanadi. 2. Interaktiv (hamkorlikda harakat qilish) vazifa. Muloqotning interaktiv jihatida individlar nafaqat bilim va g‘oyalar, balki harakatlar bilan ham o‘zaro ta’sirni amalga oshiradilar. 3. Perseptiv (o‘zaro birgalikda idrok etish) vazifa. Muloqotning perseptiv jihati muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini idrok qilish orqali tushunishdir, ya’ni muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunilishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqot – bu birinchi navbatda axborot bilan bog‘liq noyob hodisa, o‘ziga xos axborot jarayonidir. Umuman olganda, axborot jarayonlari axborotni qabul qilish, saralash, saqlash, uzatish va boshqalardan iborat ijtimoiy jarayonlardir. Axborot jarayonlari butun jamiyat organizmini qurshab olib, barcha ijtimoiy tizimlarni qamraganligi, ijtimoiy hayotning har qanday, hatto, eng kichik qismida ham mavjudligi bilan ahamiyatlidir. Muloqot insonlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni o‘rnatish va ta’minlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, ya’ni til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o‘ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o‘zini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo‘lish orqali, ilm olishga bo‘lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o‘zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi. Muloqot – verbal axborot almashinuv jarayoni. Download 140.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling