1-Mavzu. Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari. Reja


Download 6.16 Mb.
bet19/70
Sana14.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1703033
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70
Bog'liq
Mobil aloqa

3.2.Mikrofonlar va ularning turlari.
Hozirgi kunda elektrodinamik va elektrostatik mikrofonlar keng qo‘llaniladi.
Dinamik mikrofonlar. Elektrodinamik mikrofonlarni qisqacha shunday deb atashadi. Ular madaniy-ma’rifiy muassasalarda keng qo‘llanilib, yutuq va kamchiliklariga ega. Mazkur mikrofonlar ovoz signalini uzatishda uni kamroq o‘zgartiradi va uncha katta bo‘lma-gan elektron shovqinni paydo qiladi. Shuningdek, ushbu mikrofonlar og‘ir korpusga ega bo‘lib, anchagina mustahkam. Qo‘ldan tushirib yuborilgan taqdirda ham, deyarli shikastlanmaydi. Mexanik qismining sodda tuzilishi harorat o‘zgarishi va namlik ta’siriga chidamliligini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, mikrofon membranasining qalinligi uning tashqi shovqinlarga bo‘lgan sezgirligini kamaytiradi, bu esa intervyularni yozib olishda qo‘l keladi.
Dinamik mikrofonlar yorqin ovozlarni o‘tkazish uchun qulay, ammo ular past ovozni qayta ishlashga qiynaladilar. Uning narxi boshqalariga nisbatan ancha arzon bo‘lib, foydalanishga qulaydir.
Elektrostatik mikrofonlar. Elektrostatik mikrofonlar kondensator va elektretlarga bo‘linadi. Mikrofonlarda hamisha quvvat va ovoz kuchaytirgich bo‘lishi lozim. Doimiy 48... 200 volt-li kuchlanish membranani polarlashtirish, shuningdek, kuchaytirgichni oziqlantirish uchun qo‘llaniladi.
Mikrofon ishlab chiqaruvchilari undagi xususiyatlarga ta’rif berish maqsadida quyidagi so‘zlarni ishlatishadi: «yo‘naltirish» so‘zi ingliz tilida polar pattern, polar diagram, polar response, ba’zida polar response curve, directivity, di rectionality degan ma’nolarni anglatadi.
«Pushka» mikrofonlari. Ommaviy tadbirlarni videotasvirga olishda ishlatiladigan «pushka» mikrofonlari videokameralar jamlanmasiga kiradi.
Mazkur mikrofonlarning o‘ziga xos nomi ularni 2 metrdan 10 metr uzoqlikkacha o‘rnatish imkoni mavjudligi va ovoz manbayini «nishonga olish»idan kelib chiqqan. Demak, ular davra suhbatlarini, konferensiya, seminarlar olib borishda juda ham qo‘l keladi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling