1-Mavzu. Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari. Reja


Download 6.16 Mb.
bet1/70
Sana14.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1703033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Mobil aloqa


1-Mavzu.
Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari.
Reja:

  1. Multimediatushunchasi. Multimedia texnologiyaning maqsadi, tarixi.

  2. Multimedianing texnik va dasturiy tomonlari.

3) Multimediali telekommunikatsion texnologiyalardan foydalanish.
1.1.Multimedia tushunchasi.
Multimedia atamasi “multum” – ko`p va “media”, “medium” – muhit, tashuvchi, xabar vositasi ma`nolarni bildiruvchi so`zlar birikmasidan tashkil topgan bo`lib, “ko`p muhitlilik” deb tarjima qilish mumkin.
Multimedia – Bu harakatlanmaydigan tasvirlar va harakatlanuvchi video, animatsiyalangan kompyuter grafikasi va matn, nutq hamda yuqori sifatli tovushlar bilan ishlash imkoniyatini beruvchi interaktiv tizimlardir.
“Multimedia” atamasini talqin qilish bir nechta tushunchalarni birlashtiradi.

  • Tovush – tovushni ijro etilishi va saqlanishi, yuborilishi, qayta ishlanishi, tovush yozuviga tegishli barcha narsalar kiradi;

  • Tasvir – raqamli ko`rinishdagi tasvir olishning barcha usullari, tasvirni qayta ishlash, yuborish, saqlash, turli xil to`plagichlarda aks ettirish va tarqatish;

  • Video – harakatlanuvchi tasvirlar sifatida qo`yilgan kadrlar ketma-ketligi bilan bog`liq barcha jarayonlar kiradi;

  • Multimedia hujjatlar – matnni tasvir va tovush bilan birgalikda qo`llanishi;

  • Multimediali prezentatsiyalar – video, animatsiya, turli xil grafikalar, tovush hamda matnlarni birlashtirish ishini bajaruvchi kompyuter maxsulot.

  • Multimediali disklar – interaktiv multimediali menyularni multimedia-prezentatsiya bilan birgalikda ishlatilishi;

  • Multimedia saqlanadigan joy va ma`lumotlar ombori – ma`lumotlarni olish va qidirish texnologiyalarida saqlashda yangicha yondashuvlarni hamda murojaatlar taqsimlanishini yaxlitligini ta’minlashni talab etadigan multimediali ma`lumotlarning katta massivlari;

  • Multimedia - (inglizchada. multimedia, lotincha multum - ko'p, media, medium - biror narsa to'plangan joy, vosita) - yagona axborot tizimi ko`rinishida tashkilashtirilgan,turli xil ma`lumotlar bilan dialog rejimida ishlash imkoniyatini beruvchi apparat va dasturiy vositalar kompleksi hisoblanadi.

Download 6.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling