1-Mavzu. Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari. Reja


Multimedia texnologiyalari haqida tushuncha: multimedia-axborot turlari


Download 6.16 Mb.
bet2/70
Sana14.10.2023
Hajmi6.16 Mb.
#1703033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
Mobil aloqa

1.2. Multimedia texnologiyalari haqida tushuncha: multimedia-axborot turlari.


Multimedia texnologiyasining paydo bo`lish g`oyasi 1945 yilda Amerikalik olim Vanniver Bush tominidan taklif qilingan “MEMEX” xotirani tashkil etish konsepsiyasi hisoblanadi. Bu konsepsiya axborotni ma`no jihatdan hamda formal belgilalariga (tartib raqami, indeksi yoki alifbosi va boshqa narsalarga qarab) to`g`ri keladigan qidiruvni tashkil etish nazarda tutilgan. Bu g`oya dastlab gipermatn sistemasi(matnli ma`lumotlar kombinatsiyasi bilan ishlaydigan sistema) ko`rinishida, keyinchalik esa gipermedia (grafika, tovush, video va animatsiyalar kombinatsiyasi bilan ishlaydigan sistema) va ikkita sistemasini o`zida mujassamlashtirgan multimedia sifatida kompyuterda realizatsiya qilingan.
XX asrning 80 yilning oxirida multimedia texnologiyalarni ijtimoiy sohaga qo`llanishi kompyuter sohasi bo`yicha biznesmen amerikalik Bill Geys bilan bog`liq. U amaliyotda tasvir, tovush, animatsiya, gipermatnli sistemalarni foydalanib, muzeyning invertar ma`lumotlar ombori asosida multimediali mahsulotni yaratish hamda amaliyotda tadbiq qilish g`oyasini yaratdi.Bu mahsulot “National Art Gallery London” deb nomlanadi. Bu mahsulot o`z ichiga multimedianing uchta asosiy prinsipini mujassamlashtirgan.

Multimediali tizimlar bilan qayta ishlanadigan axborot turlari.

  1. Grafik axborot – surat, rasm, fotosurat, chizma, sxemalar ko`rinishidagi axborot. Multimediada rang – axborotni tasvirlashning asosi hamda, ekranda har bir pikselni xarakteristikasi hisoblanadi va son bilan kodlashtiriladi.

  2. Tovushli axborot (musiqaviy axborot) – bu ko`rinish uchun maxsus simvollardan foydalanib kodlashtirish usuli ixtiro qilingan. Bu usul axborotni grafik axborotga o`xshab saqlash imkoniyatini beradi,yani: nutq va boshqa tovushlar.

  3. Sonli axborot – obyektlarni miqdoriy soni va xususiyatlari: matnli axborotga o`xshash bo`lib, uni tasvirlash uchun maxsus belgilar ya`ni raqamli kodlashtirish usullaridan foydalaniladi. Kodlashtirish sistemalari(sanoq) har xil bo`lishi mumkin.


  4. Download 6.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling