1-Mavzu. Multimedianing tarkibiy qismi. Multimediali ilovalarning qo’llanilish sohalari. Reja
Download 6.16 Mb.
|
Mobil aloqa
- Bu sahifa navigatsiya:
- .3.Quloqchinlarni turlari va sozlash.
«Petlichka» mikrofonlari. Ular, asosan, televideniya sohasida ishlatishga mo‘ljallangan. Jajji, ammo telejurnalist hamda TV re-jissyorining ishini ancha osonlashtiradigan, kadrda ko‘rinmaydigan
Shuning uchun ham mikrofon batareyasini almashtirayotganda yoki tokka ulayotganda oziqlanish manbayini eng kam darajaga tushirish lozim. Diktofon (lot. dicto — aytib turaman va ... fon) — tovushni lenta va plastinkaga avtomatik tarzda yozib oladigan va qayta eshittiradigan apparat. Tuzilishi magnitofonga oʻxshaydi. Unda tovushni bir tezlikda yozib olib, qayta eshittirishda tezlikni mashinkada yozib ulgura oladigan darajada kamaytirish mumkin. D.ning ixcham (portativ) xili batareya va oʻzgaruvchan tok bilan ishlaydi, choʻntakda olib yursa boʻladi. D. xizmatga oid xatlarni, majlislarda notiqlarning nutqini, maʼruzalarni yozib olish va b. maqsadlarda ishlatiladi. .3.Quloqchinlarni turlari va sozlash. Quloqchinlar signallari uzatish prinsipi — simliligi va simsizligi bilan ham farq qiladi. Tovush sim orqali keladigan naushniklar yaxshi tomoniga tovushning yuqori sifatini kiritish, boshqasiga esa — harakatlarning erkin emasligini va uzunligi harakatlanish masofasini cheklaydigan simning mavjudligini kiritish mumkin. Simsiz naushniklar sizga erkin harakatlanish, harakatlar to‘la erkinligini beradi. Shu bilan bir vaqtda, tovush sifati simli naushniklar beradigan tovushdan ancha farq qilib sifati yomon bo‘ladi. Bundan tashqari, simsiz naushniklarning narxi simli naushniklarga qaraganda, ancha qimmat. Simsiz naushniklarda signallarni uzatish infraqizil yoki radiosignal yordamida amalga oshiriladi. Ularning farqi nimada? Quloqchinlarni infraqizil signal yordamida ulash radionaushniklarga qaraganda, tovush eshitilishi yaxshi sifatini beradi. Lekin naushniklar tovush uzatuvchidan 8 metrgacha masofada ishlaydi. Bundan tashqari, naushniklar va signal manbai o‘rtasida to‘siq bo‘lmasligi kerak (ya’ni qo‘shni xonada o‘tirib musiqa tinglashning iloji bo‘lmaydi). Radionaushniklar ishlashi zonasi katta (100 metrgacha), lekin signallarni qabul qilish har doim ham aniq bo‘lmaydi, uzilishlar bo‘lishi mumkin. Baribir simsiz naushniklarni sotib olishga qaror qilgan bo‘lsangiz, ularning quvvat olishiga e’tibor berish kerak — har kuni zaryad olishga to‘g‘ri kelmasligi uchun akkumulyator quvvati uzoq vaqtga yetishi kerak. To‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatgichda zaryad oladigan naushniklar ancha qulay hisoblanadi. Download 6.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling