9 – Mavzu.
Mobil qurilmalar uchun Internetni sozlash. Shaxsiy kompyuterni masofali boshqarish (Team Weaver).
Reja:
Masofadan boshqarishning afzallik jihatlari.
Shaxsiy kompyuterni masofadan boshqarish dasturi (Team Weaver).
Mobil aloqa vositalari uchun kerakli dasturiy vositalarni o’rnatish va sozlash.
Masofadan boshqarishning afzallik jihatlari.
Masofadan boshqarish - oson va real ish.
Shu sababli, uning amalda qanday ishlashini ko'rib chiqaylik.
№1 kompyuter va №2 kompyuter o'rtasida masofadan ulanishni sozlab ko'ramiz.
Bunda №1 kompyuterni asosiy kompyuter, ya'ni «boshqaruvchi» kompyuter дeb olamiz, undan narigi kompyuterga ulanish amalga oshiriladi. Tasavvur qiling, biz shu kompyuter qarshisida o'tiribmiz.
№2 kompyuter esa, ulanishga ruxsat berilgan, ya'ni mijozimiz, do'stimizning kompyuteri bo'lsin.
Shu tariqa, biz (№1 kompyuter oldida o'tirib) №2 kompyuterga ulanamiz, bunda u dunyoning istalgan nuqtasida bo'lishi mumkin.
Maqsad tushunarli bo'lsa, ulanishni qadam-baqadam boshlaymiz.
Masofadan ulanishni yaratish uchun «TeamViewer» deb ataladigan maxsus dasturdan foydalanamiz.
1- qadam.
№1 kompyuterni tayyorlash
«TeamViewer» dasturining to'liq talqinini kompyuterimizga yuklab, o'rnatib olamiz. Notijorat maqsadlari uchun (shaxsiy foydalanish uchun) bu dastur bepul tarqatiladi, shu sababli uni bemalol yuklab olish mumkin. Qidiruv saytlariga dastur nomini yozib, izlashni buyursangiz, bir pasda dasturni yuklab olish mumkin bo'lgan saytlarni topib beradi. Ulardan ishonchlilariga kirib, yuklab oling.
Suratlarda dasturni yuklash uchun qanday sozlamalarni tanlashimizni ko'rasiz.
Shu bilan, dasturni kompyuterimizga muvaffaqiyatli o'rnatib oldik. Endi ikkinchi kompyuterga o'tamiz.
2- qadam.
№2 kompyuterni tayyorlash
Bunda ikkita yo'ldan birini tanlaymiz:
a) agar masofadan ulanish FAQAT bir yo'nalishda ishlatilsa, (ya'ni faqat bu kompyuterga ulanilsa), unda ushbu kompyuterga «TeamViewer» dasturining to'liq talqinini o'rnatish shart emas. Unchalik katta bo'lmagan «TeamViewerQuickSupport» modulini yuklab olish yetarli, u o'rnatishni talab ham qilmaydi. Yuklab olib, yuklangan faylni bossangiz bas - u ishlayveradi.
b) agar №2 kompyuter ham ba'zida asosiy kompyuter sifatida ishlatiladigan bo'lsa, unga ham dasturning to'liq talqini o'rnatiladi. Uni qanday o'rnatilishini yuqorida ko'rib chiqdik.
Siz bilan birinchi yo'ldan boramiz, ya'ni mijozimiz (do'stimiz)
Do'stlaringiz bilan baham: |