1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston: rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Asosiy savollar


Download 32.53 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi32.53 Kb.
#1001306
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Mustaqil O‘zbekiston rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari

Fanshunoslik fanlarning o‘sishi. Tuzilishi va dinamikasi, jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini o‘rganadigan fandir. Fan rivojlanishining ba’zi sohalari olimlar diqqatini o‘ziga tortgan.
Ilm-fan rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, ruhiy va boshqa faktorlarni birinchi bo‘lib, shveysar botanigi Dekandol o‘zining «Fan tarixi va ikki asr olimlari» kitobida 1873 yilda tahlil qilib berishga harakat qilgan.
Fan tarixi asosiy fan sifatida ijtimoiy fanlardan 1892 yil ajralib chiqdi, Fransiyada birinchi bo‘lib, “Fan tarixi” degan kafedra ochildi. Fan tarixini kompleks o‘rganish XX asrning birinchi yarmida ilmiy – texnik rivojlanish jarayoni bilan boshlandi.
“Fan” – ijtimoiy institut sifatida Yevropada XVII-XVIII asrlarda dastlabki ilmiy jurnallar joriy etilishi bilan shakllana borgan edi.
“Fanning sinfiy bo‘linishi” – fanlarni ma’lum tadqiqot prinsplari asosida o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlashtirish:
Bu jarayon uch bosqichdan iborat;

  • qadimda va ilk o‘rta asrlarda falsafiy bilim rivoji;

  • XV-XVIII asrlarda ilmiy bilimlarning tarmoqlari va differensiyasi;

  • Ilm- fan integratsiyalashuvi jarayoni XIX-XX asrlar.

Fanning asosiy maqsadi - o‘zi ochayotgan, yaratayotgan qonunlar asosida hayotiylikni voqea va hodisalarni tushuntirib berish, oldindan aytib berishga qaratilgan.
Nazorat savollari:
1. Fanning ilmiy va amaliy ahamiyatini izohlang?
2. Fanning rivojlanish qonuniyatlari va tamoyillari
3. Fanning ijtimoiy xayotdagi o‘rni?


2-asosiy savol: Fanning klassifikatsiyasi.
Bugungi kunda fan klassifikatsiyalashtirilgan. Fanning klassifikatsiyasi yo‘nalishi tarix, falsafa va alohida fanlarning o‘zaro munosabatlari asosida ajralib chiqishidir. Bu jarayon uch bosqichga bo‘linadi:

  1. Bu qadimgi ajralmagan falsafa va o‘rta asr falsafasi dastlabki qismidir.

  2. XV-XVII asr – differensiatsiyasi, ya’ni ilm-fanning bir–biridan ajralishi va alohida sohalarga bo‘linishi.

  3. Fanning alohida sohalari va sintetik fanlarning yuzaga kelishi.

Bugungi kunda fan va bilim ishlab chiqaruvchi kuch sohasidir. Bu soha katta moddiy bazaga va aloqa tizimiga ega.
Zamonaviy fan bizning hayotimizga tobora chuqur kirib kelmoqda. Faqatgina ijtimoiy institutlarga emas, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishga va sanoatga shu qatori siyosat, harbiy soha va har qanday davlatning ijtimoiy – iqtisodiy kuchini faktori bo‘lib, juda katta mablag‘ sarf qilishni talab etadi. Aniq va texnik fanlar qatorida zamonaviy jamiyatda jamiyatshunoslik, ijtimoiy yo‘nalishlarni belgilashda va insonni har tomonlama o‘rganishda katta ahamiyatga egadir.
O‘zining kelajagini o‘ylayotgan jamiyat fan taraqqiyoti uchun ajratiladigan mablag‘ning o‘sishi haqida qayg‘uradi.
O'zbekiston mustaqillikka yerishganidan so'ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizirnni vujudga keltirish vazifasi turar yedi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar yendilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas yedi. Mulkchilik, mulkka yegalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlat¬ning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jid-diy yangilanishlarni taqozo yetar yedi.
Shuni ham aytish kerakki, jahonda hamma mamlakatbop ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning tamoyillari, barcha uchun tavsiya yetish lozim bo'lgan tayyor andozalari hech qachon bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Shu bilan birga rivojlanishning madaniy, ma'rifiy, tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan an'analari mavjud bo'lgan O'zbekistonday qadimiy makonda o'ziga xos yo'l tanlash uchun ancha-muncha izlanish lozim yedi. Biroq, vaqtni boy bermay, tezkorlik bilan ish tutish lozim yedi. Shuning uchun ham «Mustaqil O'zbekiston tug'ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o'zi yurishga majbur yedi».
Yana shuni ta'kidlash darkorki, O'zbekiston o'z mustaqilligi-ni qo'lga kiritgan paytda mamlakat ichkarisida bo'lgani kabi uning tashqarisida ham unga ishonmaydigan, shubha bilan qaraydiganlar bor yedi.
I A. Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodi-yotini isloh qilish dasturining o'zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o'rtaga tashladi:


Download 32.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling