1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston: rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Asosiy savollar


Download 32.53 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi32.53 Kb.
#1001306
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Mustaqil O‘zbekiston rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari


1-mavzu: Mustaqil O‘zbekiston: rivojlanish yo‘nalishlari va muammolari. Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari
Asosiy savollar:

  1. Ilm-fan tushunchasi

  2. Fanning klassifikatsiyasi



1-asosiy savol: Ilm-fan tushunchasi
Hozirgi zamon tarixini va fan negizini tushunish uchun yirik bazaviy mutaxassislik tajribasiga ega bo‘lgan soha egalarini tayyorlashga bog‘liqdir. Prezidentimiz I. Karimov aytganlaridek, «Ilm-fan – jamiyatni olg‘a yurituvchi kuch» bo‘lib hisoblanadi. «Ilm-fan» o‘zi nima? «Ilm-fan» - bu ko‘p qirrali, shu bilan birga, bir butun ma’lumotki, uning tarkibi alohida-alohida gumanitar va aniq fanlarning o‘zaro jipsligidan iboratdir.
Fanimizning maqsadini quyidagi ko‘rinishga ega ekanligini anglashimiz zarur:
fan rivojini tarixiy xarakterini va ilmiy bilimlar majmuasini ko‘rsatish;
ilmiy tadqiqotlarni o‘zgarishi va dunyoning rivojlanishini o‘rganishda ilmiy inqiloblarning ahamiyatini ko‘rsatish;
zamonaviy, dunyoviy va Vatan tarixiga oid fanlar rivojini ko‘rsatish.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sohadir.
«Fan» - tadqiqot faoliyati sohasi bo‘lib, tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishga qaratilgandir.
Fan - ijtimoiy mehnat taqsimotining natijasidir.
Ilm-fan - bu insoniyat madaniyatidagi eng qadimgi komponentlardandir. Bu ko‘p qirrali boy inson bilimlari dunyosi bo‘lib, insonga yashashga va dunyoning barcha ma’naviy va moddiy boyliklaridan foydalanishga imkon beradi.
Fan tushunchasi – talabalarga fan tushunchasi mohiyatini yetkazish ancha mushkul. Fan ko‘p tarmoqli tabiiy va gumanitar fanlarga bo‘lib o‘rganiladi. Har ikkala tarmoq o‘zaro uzviy holda ilmiy – texnika inqilobi jarayonida ishtirok etadi.
Fan – dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar sistemasi: ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida, ayniqsa ilmiy texnika inqilobi davrida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylana boradi.
Fan – tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar xosil qilishdan to ularni tadbiq qilishgacha bo‘lgan faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish mexanizmlarini o‘rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanni maqsadini tashkil etadi. Fan keng ma’noda voqelikni nazariy jixatdan yorituvchi ilmiy mexanizmdir.
Fan bilan san’at, din, axloq o‘rtasida muayyan munosabat mavjud. Fan ob’ektiv voqelikni o‘rganadi va baholaydi, mushohada qiladi. San’at bilan axloq “fan”ga ijobiy yondoshuvchi tarmoqdir.

Download 32.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling