1-mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi (2 soat) Reja


“Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik san’atini egallab


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1025344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi (1)

“Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik san’atini egallab 
olishi kerak”, degan fikrni aytadi.
Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-
qiymatini uning manfaati uchun astoydil kurashishni Beruniyning 
zamondoshi qomusiy olim Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy faoliyatida ham 
ko’rishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan 
fikrni olg’a surdi. Shuning uchun ham olim odamning yashashi uchun 
eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini ta’kidlaydi.
O’rta Osiyoda ko’plab shoirlarning ustozi bo’lgan Abulqosim 
Firdavsiyning “Shohnoma” asarida mehnat ahliga mehr-muhabbat 
bilan yo’g’rilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bag’ishlangan 
misralarini ko’plab uchratish mumkin: 
Mehnat tagidadir ey oqil, har ganj, 
Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj. 
[
https://uz.denemetr.com/docs/768/index-93551-1.html?page=6

Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan yana biri Abu Muʼiniddin Nosir 
Xisrav al - Qubodiyoniydir. Uning fikricha, dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat 
odamlar mehnatkashlar - jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi 
hunarmandlar, kosiblar, binokorlardir. 
Kasbdan shod-u hurram yo’q jahonda,
Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda.
Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay,
Har kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay.
Arzir uning bo’lsa boshi osmonda,
Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.[A-1] 
Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb-hunar 
tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan, 
o’z hayoti mobaynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak.
Zero, mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, ya’ni mehnat 
qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyojini, ma’naviy 
ehtiyojini, mehnat ehtiyojini qondiradi. Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida 
ma’naviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining mehnat va kasb-hunar tarbiyasida ulug’ 
mutafakkirlarimizning 
asarlaridan 
keng 
foydalanish 
maqsadga 
muvofiq. 
Mutafakkirlarning merosiga chuqur hurmat bilan qarash va ular yaratgan asarlaridan 
oqilona foydalanish o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasida katta o’rin egallaydi. 


Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid bilimlarni 
mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo’llab-quvvatlashi mumkin. 
Darhaqiqat Sharq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta e’tibor 
berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o’z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar 
kabi turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo’r hafsala, qunt, e’tibor bilan 
maslahatlar berib, husniga rag’bat ko’rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. O’zbek
xalqi tarbiyashunosligining o’tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari 
va ma’rifatparvar shoirlarning, mehnat kasb-hunar to’g’risidagi qimmatli fikrlarini biz 
uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik 
ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Masalan. Alisher Navoiyning fikricha “Inson bo’lib dunyoga 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling