1-mavzu: mutaxassislikka kirish fan sifatida


Tayanch tushunchalar lug‘ati


Download 48.22 Kb.
bet3/3
Sana25.10.2023
Hajmi48.22 Kb.
#1719543
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu mutaxassislikka kirish fan sifatida-fayllar.org

Tayanch tushunchalar lug‘ati:
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos («bola» va «yetaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) -shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan.
Ta’lim nazariyasi (didaktika) – pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta’lim jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati birligi, o‘qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.

Kategoriya - fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushuncha.


Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim – maxsus mutaxassislik ma’lumotiga ega shaxslar rahbarligida tashkil etilib, o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoharashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – mashq qilish jarayonida muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo‘lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi.
Asosiy adabiyotlar

1. Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O’zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010.


2. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
3. Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.
4. Юзликаева Э., Мадьярова С., Янбарисова Э., И.Морхова. Теория и практика общей педагогики. – Т.: ТГПУ, 2014.
5. Калдыбекова А.С.Жалпы педагогика теорияси жене практикасы. 1. Педагогика теориясы.- Т. ТДПУ 2013
6. Hoshimov К., Nishonova S., Inomova М., Hasanov R. Pedagogika tarixi. – Т.: O’qituvchi, 1996.
7. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. – T.: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2005.
8. Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogic mahorat.- Т.:Fan, 2006.
9. Omonov X., Xo’jayev N., Madyarova S., Eshchonov E. Pedagogik texnologiyalar va pedagogic mahorat.- T.: Iqtisod-Moliya, 2009.
12. Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat.- T.: Iqtisod- Moliya, 2011 y.
Qo’shimcha adabiyotlar

1. Xasanboyev J, To’raqulov X., Pedagogika fanidan izohli lug’at. – Т.: Fan va texnologiya, 2008.


2. Kaldibekova А.S. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyotidan laboratoriya mashg’ulotlari. – Т.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2013.
3. Niyozov G., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg’ulotlari. – Т.: NOSHIR, 2011.
4. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik allomalar, adiblar). - Т.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999.
5. Ismоilоvа Z. Pеdаgоgikаdаn аmаliy mаshg’ulоtlаr. – T.: Fаn, 2001.
Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz
2. www. pedagog. uz
3. www. Ziyonet. uz
4. www. edu. uz
5. tdpu-INTRANET. Ped

Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
  1. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining tuzilishini izohlang.


  2. Ta’lim turlari va bosqichlari haqida so’zlang.




Test savollari
1. Uzluksiz ta‘limni faoliyat ko‘rsatish printsiplarini aniqlang.
A.Ta‘limni ustuvorligi, ta‘limning demokratlashuvi
B.Ta‘limning insonparvarlashuvi
V.Ta‘limning ijtimoiylashuvi, milliy yo‘naltirilganligi
G.Ta‘lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligi, iqtidorli yoshlarni aniqlash
D.Hamma javoblar to‘g‘ri.
http://fayllar.org
Download 48.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling