1-mavzu: muzeylarning paydo bo’lishi va rivojlanishi asosiy savollar


Download 24.46 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2023
Hajmi24.46 Kb.
#1232959
1   2   3   4
Bog'liq
muz 1

2-asosiy savol: Muzeylarning paydo bo’lishi va rivojlanishi.


2-savol bo’yicha dars maqsadi: Muzeylarning paydo bo’lishi va rivojlanishi haqida tushuncha berish, talabalarni muzeyshunoslik faniga qiziqishini o’yg’otish.


2- savolning bayoni: Muzey so’zi grekchadan kelib chiqqan bo’lib, Muzeyon- ya’ni muzalar (oqoyimlar- ilxom parilari) qasri deb nomlanishi hammaga ma’lum. Grek afsonalarida muzalar Zevs va Mnemosina xudolarining qizlari hisoblanadi. Mnemosina - xotira ma’budasi sanalgan. Mnemosinaning 9ta qizi bo’lib, ular she’riyat, fan va san’atning ma’budalari xisoblangan. Masalan: Klio - tarix, Evterpa - lirik she’riyat, Uraniya - astronomiya, Kaliopa - epos, Talli- komediya, Terpsixora - raqs, Erato- sevgi she’riyati, Poligimniya - madxiyalar, Melpomena - teatrning ma’budasi hisoblangan.
1-chi pramuzeylar san’at va fan bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan. Ularning intererida saqlangan eksponatlarni hozirgi Damashq va Qoxira muzeylari misolida ko’rish mumkin. Kichik Osiyoning Pergam shahrida haykaltaroshlik san’ati namunalari saqlanayotgan galereya bo’lib, unda muzey barpo etilgan. Bunday yodgorliklarni Qadimgi Misr, Fors, Bobil madaniyatlarida ham kuzatish mumkin. 20 - asrning 30-yillarida muzeylar tarkibida juda ko’p yangi xonalar paydo bo’ladi. Masalan: maxsus musiqa xonalari, kontsert zali va xk.
20-asr muzeylarining asosiy farqlanuvchi omili bo’lib, sun’iy yoritishdan keng foydalanish bo’ldi. Xozirgi kunda muzeylarning ko’pchilik tomoshabinlarini maktab o’quvchilari va 18-30 yoshgacha bo’lganlar tashkil qiladi. Muzeyga kelgan har bir tomoshabin ko’rgan narsasidan yaxshi taassurot qoldirishni xoxlaydi. U muzeyda san’atga yangi tuyg’u topadi.
Badiiy muzeylarda tasviriy san’at, grafika, haykaltaroshlik, amaliy san’at, numizmatika va boshqa eksponatlar bo’lib, ular o’ziga xos bebaho fondlariga ega. Muzey tushunchasiga aniqlik kiritishni davom ettiradigan bo’lsak, bu masalaga olimlar XVII asrdayoq aniqlik kiritishga harakat qilishgan. I.D.Mayorning urinishlari bunga misol bo’la oladi. U muzeyda saqlanadigan ashyolarga to’la, real, haqqoniy, qudratli va uzoq vaqt saqlanadigan narsalar sifatida qaragan.
XIX asrga kelib fanning ixtisoslashuvi shunga olib keldiki, muzeylarda saqlanayotgan ashyolarga ko’proq turli fanlarning manbalari sifatida san’at asarlari, tabiat parchalari sifatida qarala boshlandi. Bularning barchasini umumlashtiruvchi “kollektsion ashyo” degan tushuncha paydo bo’ldi.Xozirgi paytda muzey ashyosi deganda asl nusxadagi hujjatlar ahamiyatiga ega bo’lgan va muzey sohasiga mos tushadigan inson faoliyatining natijasi yoki tabiat hayoti tushuniladi. Hozirgacha fan to’plagan ma’lumotlarga asoslanib, muzey ashyosi-bu real voqelikdan ajratib olingan, muzey ahamiyatiga ega bo’lgan, muzey to’plamiga kiritilgan va uzoq vaqt saqlanishi mumkin bo’lgan ashyodir. U ijtimoiy yoki tabiiy-ilmiy axborotlarni tashuvchi, bilimlar va ruhiy kechinmalarning asl manbai, madaniy-tarixiy boylik-milliy mulkning bir bo’lagi hisoblanadi.
Aytilganlardan xulosa qilib, muzey so’ziga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Muzey bu ijtimoiy axborotlarni tarixan o’zaro bog’lovchi ko’p funktsiyali institut bo’lib, madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy boyliklarni saqlashga, axborotlarni to’plashga va muzey ashyolari orqali tarqatishga mo’ljallangan. Muzey turli jarayonlarni, tabiat va jamiyat hodisalarini hujjatlashtiradi, muzey ashyolarining kollektsiyasini to’ldiradi, saqlaydi, o’rganadi, shuningdek ulardan ilmiy, ma’rifiy-tarbiyaviy va tashviqot maqsadlarida foydalaniladi.
Muzeyshunoslik fanida qo’llaniladigan uslublar quyidagilardan iborat. Muzey ashyolarini tadqiq etishda, muzey kommunikatsiyasini amalga oshirishda ijtimoiy va tabiiy fanlarning har xil uslublari qo’llaniladi. Jumladan, maxsus yordamchi tarix fanlarining, san’atshunoslik va adabiyotshunoslikning uslublari keng qo’llaniladi. Muzey ekspozitsiyasini va ko’rgazmasini tayyorlashda, muzeyga keluvchi tomoshabinlarni o’rganishda va turli shakldagi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini amalga oshirishda pedagogika va psixologiyaning uslublaridan ham foydalaniladi. Muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishda tabiiy fanlarning uslublari-rentgenografiya, spektografiya va boshqa uslublar qo’llaniladi. Shuningdek muzeyshunoslik fanida ko’plab tabiiy va ijtimoiy fanlarda mavjud bo’lgan dala tadqiqotlari uslubidan foydalaniladi. Ekspozitsiya sohasidagi tadqiqot, uni o’zlashtirish, konservatsiyaga oid ish, muzey ashyolarini restavratsiya qilish eksperemental uslubni qo’llashni talab qiladi.
Bu uslublarning barchasi muzeyshunoslikda o’rganish predmetining xususiyatiga qarab bir holatdan boshqa xolatga o’tib turadi. Muzeyshunoslik fanida qo’llaniladigan ilmiy uslublar hozircha ana shulardan iborat. Albatta fanning rivojlanishi bilan u qo’llanadigan uslublar ham ko’paya boraveradi.



Download 24.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling