1-mavzu: muzeylarning paydo bo’lishi va rivojlanishi asosiy savollar
Download 24.46 Kb.
|
muz 1
3-asosiy savol: Muzey fondlarini saqlash.
3-savol bo’yicha dars maqsadi: Muzey xodimlarining asosiy vazifasini tushuntirish, muzey fondlarini saqlash yo’llarini ochib berish. 3- savolning bayoni: Muzeydagi eksponatlarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga o’z xolicha etkazib berish, muzey xodimlarining asosiy vazifasidir. Ashyolar fizik, mexanik va ximiyaviy o’zgarib boradi, ya’ni tabiiy o’zgaradi, eskiradi. Shu bilan birgalikda biologik zararkunandalar tomonidan zarar ko’radi. Ashyolarni saqlash rejimi va tuzilishi asosida amalga oshiriladigan fond ishlariga muzey fondlarini saqlash deyiladi. Organik gidroskopik materiallardan (yog’och, teri, qog’oz va hk) yasalgan ashyolar namlik yuqori yoki past darajada bo’lsa, kuchli zarar ko’radi. Masalan, past bo’lsa, qurib yoriladi, yuqori bo’lsa sifati buziladi. Ashyolardan qilingan buyumlar 18 gradus past temperaturada saqlansa buziladi. 13 gradusda bu materiallardan qilingan buyumlarda kulrang dog’lar paydo bo’ladi. Muzeylarda saqlanadigan buyumlar 18-20 gradus issiqlik, namlik 50 gr. Metalldan qilingan buyumlar uchun bo’lishi kerak. Keramika, sopol uchun 12-20 gradus issiqlik, rasmlar, toshlar uchun 55-60 gradus namlik, 15-18 gradus issiqlik, kog’oz uchun 55-60 gr.namlik, 17-15 gradus issiqlik, 50-55 gr namlik bo’lishi kerak. Muzeylarda rejimni saqlashning eng samarali vositasi xavoning tozalanishi, zaharli moddalardan himoya qilish, changlar qog’ozlarga, materiallarga singib ularga ta’sir utkazishdan saqlashdan iborat bo’lmog’i kerak. Muzey eksponatlari yaxshi saqlangandagina kelgusi avlodlarga qanday bo’lsa shundayligicha etib boradi. Muzeylar ko’p asrlik tarixga ega. Misol tariqasida yuqorida aytib o’tilganidek, qadimgi yunon muzeylarini keltirish mumkin. Muzeylarning dastlabki vatani Yunonistondir. Yunonistonda Gelikon tog’i atrofida muzalarga bag’ishlab har besh yilda bir marta bayramlar o’tkazilib, unda shoirlar, rassomlar va haykaltaroshlarning o’zaro musobaqalari bo’lib turgan. Muzeylar ayniqsa Evropada Uyg’onish davrida rivojlangan. XV asrda Italiyada ilk marotaba ommaviy muzey ochilgan. Londondagi Britaniya muzeyi (1753), Parijdagi Luvr muzeyi (1793) va boshqalar ham Evropadagi ilk ommaviy muzeylardan hisoblanadi. Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston muzeylari haqida gapiradigan bo’lsak, san’at asarlari, badiiy boyliklar, odamlar sig’inadigan xayvonlar, xudolarning xaykallari va yozuvlari qadrlangan va yig’ib borilgan, ammo ommaviy muzeylar yurtimizda rus bosqinidan keyin paydo bo’lgan. Download 24.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling