Mahalliy xom ashyolar asosida olingan maishiy-xo’jalik shishasini fizik-mexanik hossalarini tahlil qilish
Download 24.55 Kb.
|
Nurmanova M, Babaxanova Z maqola
MAHALLIY XOM ASHYOLAR ASOSIDA OLINGAN MAISHIY-XO’JALIK SHISHASINI FIZIK-MEXANIK HOSSALARINI TAHLIL QILISH Nurmanova M.L., Babaxanova Z.A. e-mail: nurmanovam55@mail.ru tel.: 998974259195 Toshkent kimyo-texnologiya institute Shisha maishiy, xo’jalik va texnika sohasida katta ahamiyatga ega amorf strukturali material hisoblanadi, lekin uning tuzilishi amorf moddalarnikidan ma’lum belgilar bilan ajralib turadi. Bizga ma’lumki, shishi hosil qilsh jarayonida temperatura pasayishi natijasida qovushqoqlik ortishi bilan zarrachalar harakati kamayib amorf struktura qattiq holatga o’tishi kuzatiladi. Qovushqoqlik moddaning tuzilishi bilan chambarchas bog’liqdir. Shisha – silikat materiallari ichida o’ziga xosligi, ishlov berishda, pishirish, oqartirish, gomogenlash, sovutish jarayonlari bilan ajralib turadi. Shisha arxitektura-qurilish sohasida, qurilish inshootlarida, dekorativ bezak beruvchi buyumlar sifatida ham o’z o’rniga ega. O’zbekistonda shisha ishlab chiqarish bo’yicha bir qancha zavodlar faoliyat yuritmoqda. Ular ichida “Kvarts” korxonasi listli qurilish shishasi va turli assortimentda maishiy-xo’jalik shishalar, “Asl Oyna” zavodi kichik va kata bo’gizli tara shishasi, stakanlar, Toshkent-Oniks zavodida uy-ro’zg’or uchun ishlatiladigan barcha turdagi shisha idishlar, qo’rg’oshinsiz kandil komponentkari ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda yangi korxonalarda yuqori mexanik va estetik ko’rsatkichlarga ega bo’lgan shisha mahsulotlari ishlab chiqarish dolzarb muammo hisoblanadi. Adabiyotlar taxlili shuni ko’rsatadiki, shisha olishda Na2O-SiO2, K2O-SiO2, Na2O-SiO2-Al2O3 va K2O-SiO2-Al2O3 kabi ikki va uch komponentli sistemalardan foydalaniladi. Ular asosida turli xil turdagi shisha mahsulotlar olinadi, shisha ishlab chiqarish yuqori samaradorligi va tabiiy hom ashyolar bazasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Kaliyli sistemalarda Na2O li shishaga nisbatan nur sindirish ko’rsatkichi va yaltiroqliligi yuqori bo’ladi. Ilmiy tadqiqot ishimizning maqsadi - maxalliy hom ashyolar asosida yuqori shaffoflik va nur sindirish ko’rsatkichga ega bo’lgan maishiy-xo’jalik shisha tarkibni ishlab chiqish. Shuning uchun shisha olish uchun K2O-SiO2 sistemasi holat diagrammasi o’rganish natijasida K2O-20-30 %, SiO2- 65-79 % diapazonida tarkiblar tanlandi (1-5% qoshimcha sifatida ZnO). Tanlangan xomashyolar kimyoviy tarkibi 1- jadvalda keltirilgan. Jadval №1 Xomashyo materiallarining kimyoviy tarkibi
Download 24.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling