1-Mavzu: Nazariy mexanika fani, qisqacha tarixi, maqsadi, vazifalari, tushunchalari va aksiomalari
Download 212.35 Kb.
|
4d4c81830d1b4784be277dcf8fa7fed7
1-Mavzu: Nazariy mexanika fani, qisqacha tarixi, maqsadi, vazifalari,tushunchalari va aksiomalari.1.1. Kuch tushunchasi 1.2. Mexanika rivojlanishining asosiy bosqichlari 1.3. Statika aksiomalari. 1.4. Erkin, qisman erkin va mutloq yerksiz jismlar. 1.5. Bog’lanish, ularning turlari va bog’lanish reaktsiyalari. 1.6. Bog’lanishlar aksiomasi. 1.1. Kuch tushunchasi Mavzuning maqsadi: Qadim zamonlardan beri, necha-necha olimlar moddiy nuqtalarning, ayniqsa qattiq jismlarning harakat qilish sabablarini, harakatlarining o’zgarish qonuniyatlarini, qaysi hollardaular muvozanat holatlarda bo’lishlik sabablarini va uning sirlarini aniqlash ustida bosh qotirganlar. Necha-necha olimlar turli xil mashinalar, me`morlar esa tarixiy inshootlar qurganlar, ba`zilariniki o’sha davrlardayoq sinib ketgan yoki qulab tushgan, ba`zilari ancha muddatgacha yaxshi ishlagan va saqlangan, ba`zilari esa xozirgi kungacha ham o’z mustahkamligini va ishlash qobiliyatlarini yo’qotmaganlar. Lekin ularning birortasi ham shu qurgan mashinalarining yoki inshootlarining mustahkamligining nazariy asoslarini isbotlab, tushuntirib bera olmaganlar. Quyida shunday masalalarni nazariy asoslarini tushuntirib berish bilan shug’ullanamiz. Tayanch iboralar: Kuch, kuch vektori, kuchning ta`sir chizig’i, vektorning moduli, absolyut qattiq jism, statika, aksioma, muvozanatlashuvchi kuchlar sistemasi, uchrashuvchi kuchlar sistemasi, teng ta`sir yetuvchi kuch, erkin jismlar, qisman erkin jismlar, bog’lanishlar, bog’lanishlar reaktsiyasi, bog’lanishlar aksiomasi. 1.2. Mexanika rivojlanishining asosiy bosqichlari Mavzuning bayoni: Nazariy mexanika fani, maqsadi va vazifalari xaqida qo’llanmaning boshida etarlicha ma`lumot berilgan, shuning uchun og’zaki ravishda har bir yo’nalishlar uchun ularga yaqin bo’lgan texnikaga oid qo’shimcha malumotlar bilan boyitib boriladi. Nazariy mexanika fani moddiy jismlarning harakatlanish qonuniyatlarini yoki ularni muvozanatda bo’lish sabablarini o’rgatadi. Nazariy mexanikada barcha jismlar absolyut qattiq deb qabul qilinadi, yahni jismlar harakat davomida yoki muvozanat holatida o’ziningrasmini o’zgartirmaydi deb faraz qilinadi. XVII asrda Italiya olimi G.Galiley va Ingliz olimi I.Nyutonlar tomonidan uzoq vaqtlar davomida olib borilgan tajriba va kuzatishlar natijasida har qanday moddiy jismlarning harakatlarini paydo bo’lishi, yoki shu harakatlarning o’zgarishi ularning bir birovlariga ko’rsatayotgan o’zaro ta`sirlariga, yoki boshqacha qilib aytganda kuchlarga uzviy bog’liq yekanligini aniqladilar. lekin bo’ladi. Bu aksiomani qoyidagicha talqin qilish mumkin, ya`ni bir nuqtaga qoyilgan har qanday ikkita va kuch vektorini, shu nuqtaga qoyilgan boshqa bitta -kuch vektori bilan almashtirish mumkin bo’lib, ushbu kuch avvalgi ikkita kuchning teng ta`sir yetuvchisi deyiladi, va lotincha R harfi bilan belgilanadi. Aslida - vektorining moduli yoki uning son qiymati va kuchlarning modullarining yig’indisiga teng yemas, lekin shu R kuchining jismga ta`siri, va kuch vektorlarining ta`sirlariga teng degan mazmun kelib chiqadi, ya`ni Download 212.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling