1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari


Download 388.07 Kb.
bet19/48
Sana03.09.2023
Hajmi388.07 Kb.
#1672434
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48
Bog'liq
Yoqilg\'i moy1

τ1-τ2 egrilik uchastkasida barcha buzilgan bog‘lar deyarli shu lahzada
qayta tiklanganligini inobatga olsak, surkov moylarining oqim tezligi siljish kuchlanishiga proporsional. τ2 siljish kuchlanishida
struktura karkasi mustahkamlik chegarasi yetiladi va uning mo‘rt
deformasiyasi boshlanadi. Bunda surkov moylari yagona jism
sifatida mavjudligini yo‘qotish kerak edi. Tiksatrof xossalari
tufayli buzilgan bog‘lar qayta tiklanadi. τ3 siljish kuchlanish bilan
mos tushuvchi egrilik nuqtasida hamma biizilgan bog‘lar qayta
tiklanmaydi va deformatsiya tezligining keskin o‘sishi bo'ladi.
>τ4 bo'lgan siljish kuchlanishlarida deformatsiya tezligi shunday
o‘sib ketadiki, strukturani qayta tiklanishi amalda ro‘y bermaydi
va quyultirgichning alohida dispers qismlari oqim harakati
yo‘nalishi bo‘ylab butunlay to‘g‘rilanadi. Shu tarzda surkov
moylari erish jarayonida uzluksiz stmktura karkasning buzilishi va
qayta tiklanishi sodir bo'ladi.
Hajmiy-mexanik xossalarni to‘liq o'rganish taranglik
xossalarini baholash, siljuvchanlik va surkov moylarining
erishini o‘z ichiga oladi. Biroq ekspluatatsiya sharoitida surkov
moylari ularning taranglik chegarasini sezilarli oshimvchi
kuchlanishlar ta’siriga duch kelishini hisobga olib, surkov
moylari tavsifi sifatida quyidagilar qabul qilingan: Siljishdagi
mustahkamlik chegarasi yoki — τ, siljishning chegaraviy
kuchlanishi yoki effektiv qovushqoqlik — k.
Surkov moylarining mustahkamlik xossalari: Siljishdagi surkov moylarining mustahkamlik chegarasi —
qo‘yilganda qaytmas differinsial ro‘y beradigan minimal
kuchlanishdir. Mustahkamlik darajasining absolyut kattaligi va
haroratga bog‘liqligi ko‘p hollarda ishqalanish tugunlari, surkov
moylarining ishchi tugunlariga yetib borish qobiliyati va
ishqalanuvchi sirtlarda tura olishining boshlang‘ich tavsiflarini
aniqlaydi. Mustahkamlik chegarasi tufayli surkov moylari qiya
va tik yuzalardan oqib ketmaydi, ochiq nogermetik ishqalanish
tugunlaridan oqib ketmaydi. Haroratning oqishini ko‘p hollarda
surkov moylarining mustakillik chegarasini pasayishiga olib
keladi. Mustahkamlik chegarasi nolga yaqinlashadigan harorat
surkov moylarini plastik holatdan suyuq holatdan o‘tishidan
guvohlik beradi va surkov moylarining ishga yaroqligining
yuqori harorat chegarasini beradi. Surkov moylarining stmkturasi vujudga kelishida ta’sir ko'rsatuvchi barcha faktorlar,
ularning mustahkamligiga ta’sir ko'rsatadi.
Surkov moylaming mustahkamlik chegarasini aniqlash
uchun koaksilal silindrning o‘q bo'yiga siljisiga asoslangan.
Surkov moyidan shurin yoki plastinani tortib olish,
qovurgasimon kapillyarda surkov moyining siljishi va hokazo
usullar taklif qilingan. Aksariyat surkov moylari uchun 20°C
dagi mustahkamlik chegarasi 100—1000 Pa ni tashkil qiladi.

Download 388.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling