1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari
Siqilgan gazlar tarkibi va asosiy xossalari
Download 388.07 Kb.
|
Yoqilg\'i moy1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki yonuv dvigatellarida gazsimon yonilgilardan foydalanish.
Siqilgan gazlar tarkibi va asosiy xossalari. Siqilgan gazlar tabiiy gaz konlaridan, yo'ldosh neft-gazlardan, koks gazlaridan va boshqalardan olinadi. Siqilgan gazlarni suyuq holatga o'tkazish uchun juda yuqori bosim va past harorat talab etiladi. Bu o'z navbatida xo'jalik sharoitida qiyinchiliklarni tug'diradi. Siqilgan gazlarni gaz magistrallariga, gaz qazib olish konlariga yaqin joylarda qo'llash samaraliroq hisoblanadi.
Gaz ballonli avtomobillar uchun mo'ljallangan siqilgan gazlarni gaz tarkibidagi yonmaydigan komponentlar miqdoriga qarab ikki guruhga bo'linadi: 23—37,5 mJ/m3 oralig'ida past yonish issiqligiga ega bo'lgan yuqori kaloriyali gazlar va 15—23 mJ/m3 oralig'idapast yonish issiqligiga ega bo'lgan o'rga kaloriyali gaz¬lar. Birinchi guruxdagi gazlarga tabiiy va yo'ldosh gazlar, neftni qayta ishlashdan olinadigan gazlar, metan fraksiyali koks gazlari kiradi. Ikkinchi guruxdagi gazlarga ko'mirni kokslash paytida olinadigan koks gazlari, kanalizatsiya gazlari va boshqa gazlar kiradi. O'rta kaloriyali gazlarni faqat yuqori kaloriyali gazlar bo'lmagan xollarda qo'llash maqsadga muvofiq xisoblanadi. Ko'p hollarda avtomobillarga va avtobuslarga hajmi 50 l bo'lgan 20 MPa ishchi bosimga mo'ljallangan gaz ballonlari o'rnatiladi. Avtomobillarga har birining massasi 65—70 kg bo'lgan bunday ballonlardan 5—8 ta o'rnatiladi. 8 ta ballon o'rnatilganda ballonlar umumiy massasi 500 kg dan oshib ketadi, bu o'z navbatida avtomobilning yuk ko'tarish qobiliyatini kamaytiradi. Bulardan tashqari, avtomobil gaz ballonida harakatlanganda uning zaxirasi benzinga va suyultirilgan gazga nisbatan 2 martaga kam masofaga yetadi. Siqilgan gazlar yuqori bug'lanuvchanlik xususiyatiga ega, bu esa uning yuqolishiga ko'p sarflanishga imkon yaratadi. Siqilgan gazlarnipg yong'indan xavfliligi juda yuqori. Bu xollar siqilgan gazlarni keng qo'llashga qarshilik qilib kelmokda. Shu-ning uchun siqilgan gazlar ishlatilganda texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish zarur. Ichki yonuv dvigatellarida gazsimon yonilg'ilardan foydalanish. Propanbutanli suyultirilgan gazlar avtomobil transportlarida keng qo'llanilmokda. Suyultirilgan gazlarning asosiy tarkibiy qismini propan va butan tashkil etadi, shuningdek kam miqdorda metan, etan, etilen, propilen va butilenlar mavjud.GOST 20448-80 bo'yicha avtomobillar uchun suyultirilgan gazlarning ikki xil markasi ishlab chiqiladi: SPBTZ («smes` propana i butana texnicheskaya zimnyaya») propan va butan aralashmasi qishki texnikaviy va SPBTL («smes` propana i butana texnichesaya letnyaya») propan va butan aralashmasi yozgi texnikaviy. Bu yonilg'ilarga qo'yilgan asosiy talablar 1.3jadvalda keltirilgan. Download 388.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling