1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari
-jadvalSuyuq yonilg'ilariing asosiy xususiyatlari
Download 388.07 Kb.
|
Yoqilg\'i moy1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu: Benzin yoqilg‘ilarni ekspluatatsiya qilish.
- Avtomobil benzinlari.
1.13-jadvalSuyuq yonilg'ilariing asosiy xususiyatlari
5-mavzu: Benzin yoqilg‘ilarni ekspluatatsiya qilish. Texnologik jarayonlarda rektifikatsiya yo'li orqali benzin fraksiyasi ajratilib olinadi. Benzin fraksiyasi yarim tayyor mahsulot hisoblanib, kelgusida uni tovar holatiga olib kelish uchun quyidagi texnologik zanjirlardan: gidrotozalash, stabillash va katalitik riforming jarayonlaridan o'tadi. Benzin tarkibidagi geteroorganik birikmalarni bartaraf qilish uchun alyumo-kobal`tmolibdenli katalizator ishtirokida reaktor qurilmasida vodorod gazi muhitida gidrogenlanadi, ya'ni vodorodga to'yintiriladi. Natijada tarkibidagi R-SH, R-NH3 ва R-OH kabi organik birikmalar H2S, NH3 va H2O ko'rinishidagi alohida komponentlarga ajratiladi [8-10]. Stabillash jarayonida benzin tarkibidagi keraksiz komponentlar absorbtsion kolonnalarda ajratilib, tozalangan benzin ajratuvchi kolonnalarda yengil va og'ir benzinga ajratiladi. Yengil benzinning oktan soni A-62-65 larga yaqin bo'lib, u rezervuarlarga (tayyor mahsulotlar sexiga) yuboriladi. Og'ir benzin esa katalitik riforming jarayoniga boradi. Jarayonnning asosiy maqsadi sifatli, yuqori oktanli benzin olish bo'lib, buning uchun platinali katalizatorlar ishlatiladi[12]. Aviatsiya va avtomobil benzinlari.Tovar benzini - benzin fraksiyalari (yengil va og'ir benzinlar)ni aralashtirish (kompaundirlash) yuli bilan tayyorlanadi. Benzin fraksiyalari har xil usullar bilan olingan bo'lishi mumkin. Komponentlarni aralashtirish har bir komponentning xususiyatidan to'g'ri foydalanib, kerakli sifatga ega bo'lgan motor yoqilg'isini tayyorlashga va benzin resurslaridan to'g'ri foydalanishga yordam beradi[13-15]. Avtomobil benzinlari. Avtomobil benzinlarini tayyorlashda ishlatiladigan komponentlarning miqdori va sifati bir-biridan katta farq qiladi. Hattoki, bir zavodning o'zida har-xil vaktda tayyorlangan bir markadagi benzinlar ham komponent tarkibi bo'yicha farq qilishi mumkin. Hozirgi vaqtda Respublikamiz NQIZ-larida Ai-80(76), Ai-91(93) va Ai-98 markadagi benzinlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari maxsus texnik shart bo'yicha oz miqdorda «Ekstra» benzini ham ishlab chiqarilmoqda, bu benzin AI-95 ham deyiladi[1418]. Benzin markalarining ko'pligi ekspluatatsiyadagi avtomobillar dvigatelllari talablarining turli xilligi bilan izoxlanadi. Quyidagi rasmda benzin olinishi va sifatini yaxshilanishi texnologik jarayonlari sxemasi keltirilgan (2-rasm). Hozirda benzinlar to'g'ri haydab olingan, termik, katalitik krekingda olingan, katalitik riforming, kokslash, gidrokrekinglash, alkillash, polimerlash, gazni izomerlash va neftni qayta ishlash jarayonlarida hosil bo'lgan komponentlarni aralashtirib tayyorlanadi. Komponentlarni benzindagi nisbati - ko'proq ularning detonatsiya xususiyatlariga (detonatsiyaga barqarorligiga) qarab, fraksiyalarni tarkibiy qismiga, oltingugurtning miqdoriga va kimyoviy barqarorligiga qarab aniqlanadi [19-22]. Neftlarni to'g'ri haydab olingan benzinlarda, odatda, normal parafin uglevodorodlar ko'p bo'ladi. Ularni detonatsiyaga barqarorligi past – oktan soni kam. Oxirgi qaynash haroratini pasayishi, to'g'ri haydab olingan benzinlarni detonatsiyaga barqarorligini orttiradi. Download 388.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling