1-mavzu. Neft xom ashyosi, uning kimyoviy tarkibi va uglevodorod guruhi. Neftdan yoqilg‘i va moylar olish texnologiyalari


Download 388.07 Kb.
bet12/48
Sana03.09.2023
Hajmi388.07 Kb.
#1672434
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48
Bog'liq
Yoqilg\'i moy1

Koks sonideb, yonilg'ining havosiz, yuqori haroratda (800...900°S) parchalanib, ko'mirsimon qoldiq hosil qilish xususiyatiga aytiladi. Koks miqdori yonilg'ining asosan smolali-asfalt birikmalardan qanchalik tozalanganligiga bog'liq. Qovushqoqligi yuqori va fraktsion tarkibi og'ir yonilg'ilarning kokslanuvchanligi yuqori bo'ladi. Davlat standartiga binoan, dizel yonilg'isida koks soni 0,03% dan oshmasligi kerak.
Mexanik aralashmalar jumlasiga yonilg'idagi barcha begona orga¬nik va mineral zarralar kiradi. Tezyurar dizellar uchun mo'ljallangan yonilg'ida mexanik aralashmalar bo'lmasligi lozim.Dizel yonilg'isining o't olish harorati asosiy ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Dizel yonilg'isini tashish, saqlashda va undan foydalanishda (ayniqsa, yopiq xonalarda) yong'in chiqish xavfi uning o't olish haroratiga bog'liq. Bu harorat mumkin qadar yuqori bo'lgani ma'qul. Hozirgi zamon yonilg'ilarining fraktsion tarkibi yengil, o't olish harorati ancha past (35...40°S).
Yilning sovuq vaqtida dvigatelni ishlatishga, yonilg'ining qovushoqligidan tashqari, uning past harorat xossalari ham katta rol o'ynaydi. Bu xossalar xiralashish va qotish haroratlari bilan baholanadi. Xiralashish harorati deb, yonilg'ining faza bo'yicha bir jinsliligi yo'qoladigan haroratga aytiladi. Yonilg'i asta-sekin yanada sovitilganda qattiq faza miqdori ortadi, parafin kris¬tallari kattalashadi va yonilg'i harakatlanish qobiliyatini yuqotadi, bu harorat — qotish harorati deb ataladi. Yozgi nav di¬zel yonilg'ilar uchun xiralashish harorati — 5°C dan, qishki navlar uchun —25... — 30°C dan yuqori bo'lmasligi kerak. Agar yonilg'ida suv bo'lsa, u 0... — 1°C haroratdayoq, xiralasha boshlaydi. Qotish harorati xiralashish haroratidan 5... 10°C past bo'lishi lozim. Bu farq qancha kam bo'lsa, yonilg'i shuncha sifatli bo'ladi.
Dizel yonilg'ilari avtomobil benzinlariga nisbatan fraksiya tarkibi og'irroq, va kam bug'lanuvchan bo'lishiga qaramasdan saqlash va tashish jarayonlarida bug'lanishi va oksidlanishi mumkin, natijada og'ir fraksiyalar miqdori oshadi. Bu xol yonilg'ining to'la yonmasligiga olib keladi.
Yonilg'i uzoq muddat saqlanganda uning tarkibi o'zgara boradi. Bunda mexanik aralashmalar (chang va zanglash maxsulotlari), oksidlanish maxsulotlari, suv miqdori oshadi. Yonilg'i tashiladigan va saqlanadigan rezervuarlar toza holatda bo'lishi va unga har-xil yonilg'ilar va moylar qo'yilmasligi lozim. Aks holda qoldiq moy yoki yonilg'ilar bilan dizel yonilhisi aralashib, o'z xususiyatlarini o'zgartiradi.

Download 388.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling