2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja
Download 0.76 Mb.
|
2-Ma\'ruza-Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar.
2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja: 2.1. O‘simliklarda suv almashinuvining umumiy tavsifi. 2.2. Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. O‘simliklardagi suvning holati va fraktsion tarkibi. 2.3. Suvning o‘simlik bo‘ylab harakatlanishi. 2.4.Ildizning tuzulishi. Ildiz bosimi. Transpiratsiya koeffetsenti. Tayanch iboralar. O‘simlik to‘qimalari, molekula, organ, hujayra, suv, anabioz, reaksiya, issiqlik, oqsil, vakuol, metabolik jarayon, suv rejimi, jarayon va boshqalar. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. B.O. Beknazarov “0‘simliklar Fiziologiyasi” Toshkent-2009. 2. I.H.Hamdamov, E.I.Hamdamova,G.A.Suvonova, M.Begmatova “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi”(Botanika qismi) fanidan laboratoriya va amaliy mashg’uloti. «Sano-standart» nashriyoti Toshkent-2017. 3. B.O.Beknazarov “O‘simliklar fiziologiyasi” Toshkent-2009 4.A.S.Sulaymonov, K.G.Treyatkov “O‘simliklar fiziologiyasi fanidan amaliy mashg’ulotlar” T. 5. I.V. Belolipov, N.Z. Arabova, X, Axmedov, K.X.Buxorov, A.M.Islamov, Sh.E.Abdurasulov “Botanika va O‘simliklar fiziologiyasi” Toshkent-20182.1. O‘simliklarda suv almashinuvining umumiy tavsifi.2.1. O‘simliklarda suv almashinuvining umumiy tavsifi. Ma’lumki, o‘simliklar to‘qimalari tarkibining 70-95% suvdan iborat. Suv o‘zining ajoyib xususiyatlari tufayli organizmlar hayot faoliyatida birinchi va boshqa moddalarga tenglashtirib bo‘lmaydigan o‘rinni egallaydi. Ammo uning hujayra tuzilishida va undagi molekular darajada boradigan turli metabolik jarayonlardagi o‘rni to‘la o‘rganilmagan. Suvning butun bir organizmdagi o‘rni turlichadir. Butun yer yuzidagi hayot formalari faqatgina suvli holatdagina mavjudShuning uchun ham hujayra tarkibidagi suvning kamayishi, tirik tuzilmalarning tinchlik, ya’ni anabioz holatiga o‘tishiga olib keladi. Tirik organizmlarning asosiy komponentlaridan biri suvdir. O‘simlikning barcha organlarida suv bo‘ladi: bargda-90%, novdada-70-90%, lldizda-50-60%, urug‘da-10%. Vakuolada-98%, sitoplazmada-80%, qobiqda-50% atrofida suv uchraydi.Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling