2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja


Download 0.76 Mb.
bet2/8
Sana07.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1081547
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza-Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi

Ko’pgina tadqiqotchilar o’simliklar ildizlarini o’rganish ustidan olib borgan ishlari bir o’simlikda o’rta hisob bilan birinchi tartibli ildizlari 143 ming, ikkinchi tartibdagi ildizlari 35 ming, uchinchi tartibli ildizlar 2 million 300 ming va to’rtinchi tartibli ildizlar 11,5 million, hammasi bo’lib 14 million ildiz borligi ma’lum bo’lgan.

Biologik obyektlarda suv quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:


1.Hujayra, molekula, to‘qimalar va organlarni bir butun qilib birlashtirib turadi. Suv uzluksiz muhitni tashkil qiladi.
2.Biokimyoviy reaksiyalar uchun eng yaxshi va muhim muhitdir.
3.Hujayra tuzilmalarini tartibga solishda qatnashadigan oqsillar tarkibiga kirib, ularning konformasiyasini belgilaydi.
4.Bir qancha biokimyoviy reaksiyalarning tarkibiy qismidir;
a) fotosintez jarayonida elektronlar donoridir.
b) Kres siklida oksidlanish-qaytarilish jarayoni ishtirokchisi
5. Hujayra hayotiy jarayonlarida, xususan, suvning membranalardagi elektronlar va protonlar tashiluvidagi o‘rni beqiyosdir.
6.Moddalar almashinuvida asosiy o‘rinni tutadi. Masalan, ksilema to‘qimalari bo‘ylab esa suv va unda erigan moddalarni tashisa, floema to‘qimalari bo‘ylab moddalarning simplast va apoplast tashiluvi amalga oshadi.
7.Issiqlikni boshqaruvidir. Suv tufayli o‘simlik to‘qimalarida harorat birdan o‘zgarishi ro‘y bermaydi. Bu hol suvning yuqori issiqlik sig‘imi bilan o‘lchanadi.
8.Suv tufayli yuzaga keladigan egiluvchanlik xususiyati tufayli o‘simliklar har xil mexanik ta’sirlardan saqlanadi
2.2. Suvning o‘simlik hayotidagi ahamiyati. O‘simliklardagi suvning holati va fraktsion tarkibi.

Ma’lumki suv uch agregat holatida bo‘lishi mumkin, ya’ni suyuq, qattiq va gaz holatlarida. Bu tuzilmalarning har birida suv turlicha tuzilishga ega. Shuningdek, tarkibidagi moddalarga qarab suv boshqa xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. Suvning qattiq holati ham kamida ikki xil bo‘ladi. Bular, muzning sof kristall holati va kristall bo‘lmagan shishasimon muz holati. Muzning shishasimon holati suv tez muzlaganda ro‘y beradi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling