2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja


Download 0.76 Mb.
bet3/8
Sana07.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1081547
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-Ma\'ruza-Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi

Suvning sof kristall muz holati turli-tuman bo‘lishi mumkin. Masalan, muzning paporotniklarning barglari ko‘rinishida, har xil gulsimon tuzilishlari shular jumlasidandir. Rus olimi A.A. Lyubishevning fikricha suvning kristallanish xususiyati, qandaydir tirik organizmlarning shakllanishiga o‘xshab ketadi. Sof suvning molekular tuzilishi va xossalari. Bizning davrimizda suv boshqa moddalarni o‘rganishda ularning hajmi va solishtirma zichliklari o‘lchamlari uchun namuna sifatida foydalaniladi.

Suvning molekular tuzilishi. Suv molekulasidagi ikki juft electron vodorod va kislorod yadrolari uchun umumiy hisoblanadi. Ushbu suv molekulalaridagi H va О atomlari o‘zaro elektrostatik ta’sir qilib to'rtta suv molekulasini bog’lab turadi. Vodorod bog’lar juda kuchsiz bo‘lib suyuq suvda ularni uzish uchun bor yo‘g‘i 18,84 kJ/mol energiya zarurdir xolos. Bu yerda shuni eslash zarurki, kovalent bog‘larni uzilishi energiyasi 460,4 kJ/mol ga teng.

Suvning eritmalardagi holati. Suvda eruvchan moddalarning unga birlamchi ta’siri bu toza suvga xos bo'lgan tuzilishning buzilishidir. Bunga ikkita sabab bo'lishi mumkin.1. Geometrik omil, ya’ni suvda erigan modda bilan suv molekulalari o‘lchamlarining bir xilda emasligi. 2. Elektrostatik omil, ya’ni suvda eruvchan ion elektr maydoni ta’sirida suv molekulalarining qayta qutblanishi. Buning natijasida erigan modda zarrachalari atrofida suvning qandaydir yangi tuzilmasi yuz beradi va bu holat o‘z navbatida suvda erigan moddaning xossalariga bog‘liqdir.

Bunda suvli eritmaning yopishqoqlik darajasi o‘zgaradi. Masalan, kuchsiz■gidratlangan katta ionlar (Li4, Na*. Mg2, F-) tufayli yuzaga kelgan yopishqoqlik darajasi, sof suvnikiga nisbatan kam bo‘ladi. Boshqa bir ionlar esa (K+, Rb+, NH4+, Ca2+, CL, OH, N03) nisbatan yuqori yopishqoqlikni yuzaga keltiradi. Suvning eritmalaridagi bu xossasi oqsillarni poliakrilamid gelda, elektroforez usulida ajratishda qo‘l keladi. Chunki oqsillar o‘zlarining zaryadlariga qarab anod va katodga ionlar bilan birgalikda qo‘llanadi.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling