2-Ma'ruza. Mavzu: O‘simliklarda suv almashinuvini fiziologiyasi Reja
B-murtak ildizining о'sish nuqtasining ko‘ndalang kesimi
Download 0.76 Mb.
|
2-Ma\'ruza-Botanika va o\'simliklar fiziologiyasi
B-murtak ildizining о'sish nuqtasining ko‘ndalang kesimi: I-initsial hujayralar. 1-ildiz qinchasi, 2-uchki meristema, 3-markazdan qochuvchi ona hujayralarining differentsiallanishi, 4-flozmaning birinchi yetuk elementi, 5-ksilemaning etukemas elementlari, 6-ksilemaning birinchi yetuk elementi, 7-endoderma, 8-po‘stloq, 9-epiblema, 10-ksilema elementlarining markazga intiluvchi rivojlanishi (o‘lchamlar chap tarafda mikrometrlarda).Ildizning o‘sish qismi mexanik bosimlarga juda sezgir bo‘ladi va taqir g’ovak tuproqlarnigina yorib kiradi. Agar mexanik qarshilik juda kuchli bo‘lsa, ildiz o‘sishdan to‘xtab yo‘g‘onlasha boshlaydi. Ildiz uchlarining tuproq zarrachalari orasidagi harakatini ildiz qinchasi yengillashtiradi. Bunga ikki holat yordam beradi.Birinchidan, lldiz qinchasining hujayralaridan doimo yopishqoq-shilimshiq modda,ya’ni polisaxaridlar ajralib turadi va ular ildiz qinchasi va tuproq zarrachalari o‘rtasidagi ishqalanishni yengillashtiradi. Ikkinchidan, ildiz qinchasi hujayralarning o‘zi ham doimo yemirilib ajralib turadi. Buning natijasida ildizning o‘sish qismi zararlanishdan saqlanadi. O‘simlik ildizlarida suv ko‘proq ildiz tukchalari orqali yutiladi, chunki ildiz tukchalarining asosiy vazifasi ildizning faol-so‘ruvchi yuzasini kengaytirishdan iborat.Suv po‘stloq to‘qimalari hujayralari orqali uch xil, ya’ni apoplast, simplast va transvakuolar yo‘li bilan harakatlanadi. Apoplast-bu suvni hujayra devorlari orqali harakatlanishidir. Bu yerda suvni harakatiga qarshilik juda kam. Bu harakat rizoderma ildiz tukchalari po‘stidan boshlanib endoderma hujayralarigacha davom etadi. Endoderma hujayralarining po‘sti juda qalin (Kaspari belbog‘i) va suv o‘tkazmaydigan hujayralar qatlami bor. Ularni ichida maxsus suv o‘tkazuvchi hujayralar bor. Ular ksilema hujayrasi bilan tutashgan. Suv o‘tkazuvchi hujayralarining sitoplazmasiga o‘tadi va simplast yo‘li bilan o‘tkazuvchi naylargacha davom etadi.Simplast - bu suvni hujayra sitoplazmasi orqali harakatlanishidir. Bu yerda suv osmos qonunlari asosida harakatlanadi. Suvning simplast harakatida qisman ATF energiyasi ham sarflanishi mumkin degan fikrlar ham mavjud. Suv ildiz tukchalaridan simplast yo‘li bilan o‘tkazuvchi naychaga harakatlanadi.Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling