1-mavzu: Nizoning belgilari (alomatlari)


Download 69.25 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi69.25 Kb.
#1556429
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4J4egdGKOzgAi5maevVcjr1qy9iiWuNUj0QLqkgH


1-mavzu: Nizoning belgilari (alomatlari)
Reja:

  1. Nizo tushunchasi.

  2. Nizoning funksiyalari.

  3. Nizoning ijobiy va salbiy tomonlari.

  4. Nizoli vaziyatning belgilari.

  5. Guruh, sinf, maktab jamoasida (kollektivda) nizoli vaziyat boshlanishining birinchi belgilari.



Nizo tushunchasi
Nizo - bu odamlarni shaxsiy va ijtimoiy masalalarni xal qilishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan qarama-qarshilikdir. Konfliktda tomonlarning biri tomonidan ikkinchi tomondagi odamni hulqini, fikrini, hislarini о’zgartirishini talab qiladi. Shuningdek, har qanday qarama-qarshilikni ham konflikt deb atab bо’lmaydi.
Masalan, odamlar har xil dunyoqarashga, ma’lum masalalar bо’yicha turlicha fikrga ega bо’lishlari, lekin bu ularni osoyishta ishlashlariga xalal bermasligi mumkin. Lekin, shaxsni yoki guruhni manfaatlariga, qiziqishlariga, mavqelariga, shaxsiy g‘ururlariga tegishli qarama-qarshiliklar konfliktlarni yuzaga keltiradi. Konfliktlar jamoada tarang munosabatlarni yuzaga keltiradi, xodimlar e’tiborini asosiy ishdan chalg‘itadi, odamlar e’tibori kо’proq munosabatlarni oydinlashtirishga qaratiladi, natijada odamlar asabiy holatda bо’ladilar. Shuningdek, konfliktlar nafaqat buzuvchi kuchga ega bо’ladilar, balki bunyod qiluvchi ham bо’lishlari mumkin. Ba’zan konfliktlarni hal qilinishi tufayli mehnat sharoitlari, texnologiyasi, boshqaruv munosabatlari yaxshilanishi mumkin. Yana konfliktlarning ijobiy roli- konflikt qatnashchilarini о’z-о’zini anglashini rivojlanishida, ma’lum qadriyatlarni shakllanishida ham kо’rinishi mumkin.
Konfliktlarni yuzaga keltiruvchi sabablarni 5 ta guruhga bо’lib kо’rsatish mumkin: axborot, struktura, qadriyatlar, munosabatlar va xulq-atvor.
Kо’p qadriyatlar zaminida axborotlarni bir tomonga ma’qul bо’lib, ikkinchi tomonga ma’qul bо’lmasligi yotadi. Bu axborotlar aniq yoki tо’liq bо’lmasligi, suhbatdoshlarni bir-biriga qarama-qarshi qiladigan mish-mishlar bо’lishi, axborot manbalarini ishonchli emasligi, qonunchilik masalalarini, qonun-qoidalarini munozarali ekanligi.
Struktura bilan bog‘liq bо’lgan holda konfliktni yuzaga kelishi deganda jamoadagi formal va noformal guruhlarning mavjudligi, ijtimoiy mavqe, xokimiyat va mas’uliyat, turlicha ijtimoiy meyorlar rag‘batlantirish va tozalash, resurslarni, mahsulotlarni, daromadni taqsimlash bilan bog‘liq bо’lgan holatlar tushuniladi.
Qadriyatlar bilan bog‘liq bо’lgan omillar- bu ulug‘laydigan yoki inkor qiladigan tamoyillardir. Bu ijtimoiy, guruhiy va shaxsiy e’tiqodlar tizimi, ideologik, ma’naviy, diniy, ahloqiy, siyosiy, kasbiy qadriyatlar va ehtiyojlardir.
Munosabatlar omili- bu о’zaro munosabatdan qoniqishni his qilish yoki his qilmaslik bilan bog‘liq. Bunda munosabatlar asosini hisobga olish muhim (ixtiyoriy yoki majburiy), uning mohiyatini (tobe bо’lmagan, tobe bо’lgan yoki о’zaro tobe bо’lgan), munosabatlarning davomiyligi, qadriyatlarga munosabati, xulqi, shaxsiy va kasbiy maqsadlari bо’yicha mutanosiblik, tomonlarning munosabatlarga qо’shayotgan hissasi (umidlar, pul, vaqt, hislar, kuchquvvat, obrо’), ma’lumot, hayotiy, kasbiy darajadagi farqni hisobga olish kerak.
Xulqiy omil konfliktga olib keladi, agar manfaatlar zarar kо’rsa, kamsitilsa, xavf solinsa (jismoniy, moliyaviy, hissiy yoki ijtimoiy), salbiy hissiy holatni yuzaga keltiruvchi vaziyat vujudga kelsa, agar inson xatti-harakatlarida xudbinlik, mas’uliyatsizlik, adolatsizlik namoyon bо’lsa.
Nizolar quyidagi turlarga bо’linadi:
Shaxsni ichidagi, shaxslararo, shaxs va guruh о’rtasidagi, guruhlararo.



Shaxsni ichidagi nizolar xodimlarni shaxsiy ehtiyojlari va qadriyatlari bilan ishlab chiqarish talablari о’rtasidagi nomutanosiblik, xodimni ish bilan meyordan kam yoki kо’p yuklanishi, qarama-qarshi talablarni qо’yilishi oqibatida kelib chiqadi.
Shaxslararo nizolar xarakterni tо’g‘ri kelmasligi, kapitalni, resurslarni, ishchi kuchini cheklanganligi, jihozlarni yetishmasligi, vakant lavozimlarni mavjudligi natijasida kelib chiqadi.
Guruh va shaxs о’rtasidagi nizolar guruhda shakllangan ahloq va mehnat meyorlariga alohida shaxs tomonidan qarshilik kо’rsatilishi sifatida namoyon bо’ladi. Bunday nizo rahbarni rahbarlik qilish uslubini jamoa a’zolarini yetuklik darajasiga mos emasligi, rahbar va xodimlarni soha bо’yicha mutaxassislik darajasini nomutanosibligi, rahbarni xarakterini, ahloqiy qiyofasini guruh tomonidan qabul qilinmasligi natijasida kelib chiqadi.
Guruhlararo nizolar-jamoaning rasmiy guruhlari о’rtasida (masalan, jamoa bilan kasaba uyushmasi); norasmiy guruhlar о’rtasida, rasmiy va norasmiy guruhlar о’rtasidagi nizolardir.
Nizolarning davomiyligiga kо’ra: qisqa muddatli va davomiylari bо’lishi mumkin.
Birinchisi kо’proq bir-birini yetarli tushunmaslik oqibatida yoki tez anglab yetilgan xatolar hisobiga namoyon bо’lishi mumkin.
Uzoq davom etadigan davomiy nizolar chuqur ahloqiy-psixologik jarohatlar va obyektiv qiyinchiliklar bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Nizoning davomiyligi qarama-qarshiliklarni xususiyatlariga va tо’qnash kelgan odamlarni xarakteriga bog‘liq. Davomiy nizolar xavfli bо’lib, undagi nizoli holatdagi odamlar о’zlaridagi salbiy ruhiy holatni mustahkamlab boradilar. Bu esa jamoada taranglik holatini tez-tez vujudga kelib turishiga olib keladi.
Nizoni vujudga kelish manbalariga kо’ra ham farqlash mumkin: obyektiv va subyektiv manba. Odamlarni murakkab qarama-qarshi vaziyatga tushib qolishlari obyektiv manba bо’lib hisoblanishi mumkin. Mehnat sharoitlarining yomonligi, xodimlar vazifalarini aniq belgilab berilmasligi kabilar jamoada tarang vaziyatlarni osongina vujudga keltiruvchi manba bо’lib hisoblanadi.
Agar odamlar ana shunday vaziyatlarga solib qо’yilgan bо’lsa, u holda ularni kayfiyatlari, xarakterlari, jamoada shakllangan munosabatlaridan qat’iy nazar nizolar kelib chiqish ehtimoli yuqori bо’ladi. Bu nizolarni bartaraf qilish uchun obyektiv vaziyatni о’zgartirish orqaligina erishish mumkin. Bunday vaziyatdagi nizolar jamoa hayot va faoliyatidagi noxush xolatlar haqida signal beradi.
Xodimlarni ularni intilishlari, xohishlari va qiziqishlarini qondirilishi uchun tо’sib bо’lib xizmat qilishini nizoli vaziyatni vujudga keltiruvchi subyektiv manba bо’lib xizmat qilishi mumkin.
Nizoli vaziyatlarda odamlar о’zlarini turlicha tutadilar: kimdir kо’pincha yon beradi, kimdir о’zini nuqtai nazarida qattiq turib oladi. Psixologiya fanlari doktori N.Obozov nizoli vaziyatda 3 xil tipdagi odamlar bо’lishini kо’rsatadi: “xujumkor”, “suhbatdosh”, “fikrlovchi”.
“Xujumkor”, “Eng yaxshi himoya-xujum” degan shior ostida ish tutadi. Uning uchun eng muhimi muhitni о’zgartirish va har qanday ishni oxiriga yetkazish. “Xujumkor”ning harakatlari nizoli vaziyatlarni uzoq davom etishiga olib keladi.
“Xujumkor” atrofidagi muhitni boshqa odamlarni pozitsiyasini о’zgartirishni xohlaydi. Natijada turli tо’qnashuvlar yuzaga keladi, nizoli vaziyatlar keskinlashadi.
“Suhbatdosh” uchun “Yomon tinchlik yaxshi, yaxshi jangga nisbatan” shiori xarakterli. Uning uchun eng muhimi odamlar bilan bо’ladigan muloqot.
Bu “suhbatdosh”larni dо’stlari, tanish bilishlari kо’p bо’ladi va yaqin munosabatlarga bо’lgan ehtiyojni ish bilan qoplashga harakat qiladi va odamlar bilan yuzaki munosabatlarda bо’ladi.
Nizoli vaziyatlarda ular uzoq vaqt qarshilik kо’rsatishga qodir emaslar. Ular chuqur his –tuyg‘ularga teginmagan holda nizolarni bartaraf qilishni uddalaydilar. Bu tipdagi odamlar о’zini sherigini kayfiyatdagi о’zgarishlarni tez sezadilar va qarama-qarshiliklar vujudga kela boshlagandayoq, uni tinchitishga intiladilar. “Suhbatdoshlar” о’zgalar fikrini qabul qilishga kо’pincha tayyorlar, ularni fikrlarini о’zgartirishga intilavermaydilar, boshidanoq hamkorlik qilishni ma’qul kо’radilar. Shuning uchun ular kо’pincha jamoaning hissiy raxbar shaxslari bо’lib qoladilar.
“Fikrlovchi”ga “Mayli, men g‘alaba qildim, deb о’ylay qolsin” degan pozitsiya xos. “Fikrlovchi” о’zini va atrofidagi olamni о’rganishga yо’nalgan bо’ladi, u nizoli vaziyatda о’zini haqligini va sherigini nohaqligini isbotlovchi murakkab tizimni tuzadi. Nizoli vaziyatda bu odamlarni boshi berk kо’chadan uchinchi odamgina olib chiqishi mumkin yoki hayotiy shart-sharoitlarni о’zgartirishigina ularga yordam berishi mumkin.
“Fikrlovchi” о’zini hatti-harakatlarini mantig‘ini yaxshilab о’ylab kо’radi, “Suhbatdosh”ga nisbatan kamroq sezgir bо’lsa ham harakatlari mobaynida masofa saqlaganlari uchun nizoli vaziyatga kam tushadilar.
“Fikrlovchi”lar ma’naviy qonuniyatlar va g‘oyalar sohasidagi nizolar va qarama-qarshiliklardan tez ta’sirlanadilar, “Xujumkor”lar faoliyatiga maqsadlar birligini, birgalikdagi faoliyatini kо’proq qadrlaydilar, “Suhbatdosh”lar ularni hissiy-kommunikativ qobiliyatlariga beriladigan baholarga о’tkir reaksiya qiladilar, lekin intellektual sifatlariga berilgan baholarga unchalik e’tiborsiz bо’ladilar.
Ba’zi mutaxassislarni fikrlariga kо’ra, har qanday katta jamoalarni о’zini “janjalkashlari” va “tinchliksevarlari” bо’ladi. “Janjalkashlari” uchun nizoli vaziyatlar oddiy, tabiiy hol bо’lib hisoblanadi, “tinchliksevarlar” uchun esa hamkorlik oddiy, tabiiy hol bо’lib hisoblanadi. Agar “janjalkash” doim janjal chiqarsa, “tinchliksevar” esa qaysi yо’l bilan bо’lmasin janjalni о’chirib turadi.



Download 69.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling