Teri sezgilariTeri sezgilari tarkibi tuyush va harorat turlaridan iborat bo‘lib, ularning bunday nomlanishining sababi retseptorlarning teri va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyush sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyush, ikkinchisi esa silliq yoki g'adir-budurni tuyush bilan ifodalanadi. Odatda, tana a’zosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qo‘zg‘alish kuchayganda siqiqni sczishga aylanadi, u yanada kuchayganda siqiq og'riq sezgisiga aylanadi.
Tuyush sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyush tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida, qisman tashqarisida (epiteliyda) tuyush nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda birtekis taqsimlangan. Ular barmoqlarning uchlarida, til uchida, labda zich joylashgan bo‘ladi, shu bois sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir. Qaysi yerda tanachalar siyrak bo’lsa, demak, shu joylarda sezish ko’rsatkichi shunchalik pastdir.
Psixologiyada tuyush tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi esteziometr asbobi yordami bilan o’lchanadi. Asbob keriladigan ikki oyoqli sirkulga o’xshash bo’lib, uning o’zagidagi darajalar oyoqlarning uchlari o'rtasidagi masofani oMchaydi.
Tuyushning aniqlik darajalari: a) barmoq uchlarida 1 mm dan — 2 mm gacha, b) qo‘l kaftida 10 mm, d) orqada 60-70 mmmasofada bir yo‘la ikki oyoqcha tegayotganligini sezish mumkin (masofa kamaysa, sezgirlik pasayadi).
Tuyush sezgilarining markazi bosh miya po‘stlog‘ining orqadagi markaziy pushtasida joylashgan deb taxmin qilinadi.
Tuyush sezgilarining tashqi, ya’ni fizik sababi bu biron-bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
Harorat sezgilari issiq yoki sovuqni sezish bilan ifodalanadi. Maxsus tanachalarning ichida issiqni yoki sovuqni sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari joylashgan bo'ladi.
Ularning tashqi sababi biron-bir haroratga ega bo'lgan qattiq, suyuq va gazsimon jismlarning tanaga tegib turishidir. Issiqni yoki sovuqni farqlash qo‘zg‘atuvchi harorati bilan badan harorati o‘rtasidagi nisbatga ko‘ra belgilanadi. Masalan, qo‘zg‘atuvchining harorati badan haroratidan past bo‘lsa sovuqni, agarda yuqori bo’lsa — issiqni sezamiz, his qilamiz.
Farqlash: jismlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi — temir va yung.
Harorat sezgilari: a) tashqi qo'zg'atuvchilar; b) organizm ichida qohqishdan qon tomiri torayadi, uyalishdan qon tomiri kengay ad i.
Do'stlaringiz bilan baham: |