1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Download 1.26 Mb.
bet40/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

Eshituv nayi. Biz yuqorida eslatib o‘tganimizdek, u nog'ora bo'shlig'ini halqum bilan birlashtirib turadi, uning uzunligi 3—3,5 sm ga teng. Nayning o'rta quloq bo'shlig'i tomonga ochilgan 1/3 qismi suyakdan, halqum bo'shlig'iga ochilgan 2/3 qismi esa parda-tog‘aydan iborat. Nayning shilliq pardasi hilpillovchi epiteliy bilan qoplangan bo'lib, uning tukchalari halqum tomonga qarab harakat qiladi. Eshituv nayi odatda puchaygan (yopiq) holatda bo'ladi. Uning har gal yutish harakati vaqtida, unga yopishgan yumshoq tanglay mushaklarining qisqarishi natijasida ochilishidan o'rta quloqning nog'ora bo'shlig'iga havo o'tadi.
Yosh bolalarda nayning uzunligi kattalarga nisbatan kalta (20­22 mm) va kengroqdir, u gorizontal tekislikda yotadi. Nayning halqumga ochilgan qismi, halqumning yon devorlarida joylash­gan — rozenmyuller chuqurligida bo'ladi.
Nayning o'rta quloq va halqumga ochiladigan taraflari keng, suyak qismining tog'ay qismi bilan birlashish joyi esa juda tor bo‘ladi, shuning uchun ham ba’zilar eshituv nayini qum soatiga o'xshatishadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq yoki yosh bolalarda kalta hamda keng nay ko'pincha o‘rta quloqning turli xil yallig‘lanishlariga olib keladi, chunki halqumdagi turli mikroblar bu nay orqali osonlik bi­lan o‘rta quloqqa o‘tadi (kattalarga nisbatan). Agar turli sabablarga ko‘ra eshituv nayi havoni yaxshi o‘tkaza olmasa, unda o'rta quloqning nog'ora bo'shlig'ida havo bosimi pasayib, quloq parda nog‘ora bo‘shlig‘iga bo'rtib kiradi, natijada eshituv qobiliyati buziladi.
Eshituv nayining halqumga ochilgan teshigi atrofida limfoid to‘qimalardan iborat.
Chakka suyagi. Chakka suyagi bir juft bo'lib, juda murakkab tuzilgan. Bu suyak kalla bo‘shlig‘ining yonbosh devorini, uning tubini hosil qilishda qatnashadi. U o'z ichida odam uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan eshituv va muvozanat saqlash a’zolarini ham saqlab turadi.
Yosh bolalarda o‘rta quloqning o'tkir yiringli otitida shu yonoq o'sig'i ham yallig'lanishi mumkin. Chunki yonoq o'sig'ida ko‘pgina kataklar bo'lib, ular osonlik bilan yallig'lanadi va yi­ringli otitning asorati hisoblanadi.
Nog'ora qismi — chakka suyak tashqi eshituv yo'lini oldingi-pastki va qisman orqa tomonidan chcgaralab turadi. Bu qism yon tomondan so'rg'ichsimon o'siq va medial (ichkari) tomondan toshsimon qismlar bilan qo'shilib tursa, pastki tomondan bigizsimon o'siqning ildizini o‘rab, qin hosil qiladi. Yuqorida aytib ohilganidek, tashqi eshituv yo‘li ancha kalta bo’lib, ichki va qisman oldingi tomonga yo‘nalib, nog‘ora bo‘shlighga ochiladi.
Emadigan bolalarda suyakning nog'ora qismi unchalik rivojlanmagan «taqa» shaklidagi halqadan iborat bo'lib, tashqi eshi­tuv yo'lining suyak qismi rivojlanmagan bo'ladi. Yosh bolalarda 1 yoshdan boshlab 2—3 yoshgacha to'la halqa bo'lib, suyaklanib vetiladi.
Toshsimon qismi — chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq tu/ilgan, shuning uchun bu bo‘lakni toshsimon yoki shakliga qarab (uch tomonli piramidaga o‘xshaydi) piramida deb ataiadi.
So‘rg‘ichsimon o'siqcha — tashqi eshituv yo'lining orqasida joylashgan bo‘lib to‘sh-o‘mrov mushagi o‘siqqa yopishib turadi.
So‘rg‘ichsimon o‘siqcha bola tug'ilganidan so'ng yuqoridagi mushak yordamida kattalashib rivojlanadi. Lining katakchalari 2-3 yoshdan bosh lab 5—6 yoshgacha rivojlanadi. So‘rg‘ichsimon o‘siqchaning tashqi yuzasida tekis uchburchak shaklidagi bo’libakcha bo‘lib, uning oldingi tomonida kichkina suyak o'siqchasi bor. Bu o‘siqchaning ustki chegarasi chakka chizig‘i — linea temporalis bo‘lib, bu yonoq o‘sig‘ining orqaga qarab davom etgan chizig'idir, uning orqa tomonida silliq uchburchakli chuqurcha bor. So‘rg‘ichsimon o'siqning oldingi devori tashqi eshituv yo‘lining orqadagi suyak devorini tashkil qiladi.
Tashqi eshituv yo‘li ustki suyak o'siqchasi va chakka chizig'i o'rta quloq operatsiyalarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan mo‘ljal (belgi) hisoblanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling