1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Download 1.26 Mb.
bet1/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.








1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.
Reja:
1. Nutq a’zolari haqida ma’lumot
2.Nutq sistemasising anotomik tuzilishi.
3. Nutq sistemasining fiziologik tuzilishi.


Tayanch so‘z va iboralar:.bosh miya,burun bo'shlig'i, qattiq tanglay,og'iz
boshlig'i,lablar tishlar, til uchi, til orqasi, til ildizi,kichik tilcha,halqum, hiqildoq,traxeya,o'ng Bronx, o'ng o'pka,diafragma,qizilo'ngach,umurtqa,orqa miya,yumshoq tanglay,nutq harakat analizatori, nutq ko'ruv analizatori, nutq eshituv analizatori


Nutq apparati o‘zaro chambarchas bogMangan ikki qismdan: markaziy (yoki boshqaruvchi) nutq apparati va periferik (yoki bajaruvchi) qismdan tashkil topgan.
Markaziy nutq apparati bosh miyada joylashgan. U bosh miya qobig'idan, qobiq osti tugunlaridan, o'tkazuvchi yo'llar, o'zakdan (avvalo, uzunchoq miyada), yadrolar va ovoz, nafas, artikulatsiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil topadi.
Markaziy nutq apparati va uning bo'limlari vazifasi nimalardan iborat?
Nutq boshqa oliy nerv faoliyatining ko'rinishlari singari, reflekslar asosida shakllanadi. Nutq reflekslari miyaning turli qismlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Biroq bosh miya qobig'ining ayrim bo'limlari nutqning hosil bo'lishida asosiy rol o'ynaydi. Bular chap (chapaqaylarda o'ng) yarimsharning peshana, chakka va ensa qismlaridir. Bosh miya qobig'ining bu qismlarida nutq faoliyatida faol ishtirok etuvchi:

  1. Nutq harakat analizatori;

  2. Nutq ko'ruv analizatori;

  3. nutq eshituv analizatori joylashgan.

Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‘ining chap pesha­na qismida joylashgan bo'lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism og'zaki nutqning paydo bo‘lishida qatnashadi.
Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‘ining chap chakka qismida joylashgan bo‘lib, Vernike markazi deb ataladi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni roly beradi. Nutqni tushunishda bosh miya qobighning orqa boiagi katta rol o‘ynaydi. Bu bosh miyaning ko'ruv markazi hisoblanib, yozma nutqni o'zlashtirish uchun xizmat qiladi.
Qobiq osti yadrolari nutqning sur’ati va ifodaliligini boshqaradi
O




'tkazuvchi yo'llar.
Bosh miya qobig'i periferik nulq a’zolari bilan o'zaro bog‘liqdir. Bunda nerv yo'IIarining ikki: markazdan qochuvchi va markazga intiluvchi turlari ishtirok etadi.
1-rasm. Nulq apparatining tuzilishi:
1bosh miya;2burun bo'shlig'i;2qattiq tanglay;4og'iz boshlig'i; 5 -
lablar;
6tishlar; 7til uchi; 8 til orqasi; 9 til ildizi; 10kichik tilcha; 11 halqum; 12 hiqildoq; 13traxeya; 14o'ng bronx; 15 o'ng o'pka; 16afragma; 17qizilo'ngach; 18umurtqa: 19orqa miya; 20yumshoq tanglay
Markazga intiluvchi yo‘l proprioretseptorlarda va baroretseptorlarda boshlanadi. Proprioretseptorlar muskullar harakat a’zolarining bo‘g‘inli qatlamlarida joylashgan bo‘ladi. Propri­oretseptorlar muskullarning qisqarishi ta’sirida harakatga keladi. Proprioretseptorlarning vazifasi muskullarimiz faoliyatini nazorat qilishdir. Baroretseptorlar o‘zlariga nisbatan bodgan bosimning o’zgarishi natijasida harakatga keladi va ular halqumda joylashgan bodadi. Biz gapirgan vaqtimizda markazga intiluvchi yod orqali bosh miya qobigdga kelayotgan proprio va baroretsep­torlar harakati ro'y beradi. Markazga intiluvchi yo‘l butun nutq organlari faoliyatida umumiy regulyator (boshqaruvchi)lik rolini bajaradi.
Stvol yadrosidan bosh miya nervlari boshlanadi. Periferik nutq apparatining hamma a’zolari bosh miya nervlari bilan ta’minlanadi. Ulardan asosiylari: uch tarmoqli, yuz, til-halqum va sayyor nervlar hiqildoq va ovoz boylamlarini, halqum va yumshoq tanglay muskullarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari, tilhalqum nervi tilning sezuvchi nervi bodib hisoblanadi. Sayyor nerv esa nafas va yurak a’zolarining muskullarini innervatsiyalay­di. Qo'shimcha nerv bo‘yin muskullarini innervatsiyalaydi, til osti nervi til muskullarini harakat nervlari bilan ta’minlaydi.
Bu tizim bo'yicha bosh miya nervlari orqali nerv impulslari markaziy nutq apparatidan periferik nutq apparatiga yuboriladi. Nerv impulslari nutq a’zolarini harakatga kcltiradi.
Markaziy nutq apparatining nutq apparatiga boruvchi bu yo‘l nutq mexanizmining faqat bir qismini tashkil qiladi. Uning boshqa qismi orqaga, ya’ni periferiyadan markazga qaytuvchi aloqadan iborat.
Endi periferik nutq apparatining tuzilishini ko'rib chiqamiz.
Periferik nutq apparati uch bo'limdan iborat: 1) nafas bo'limi; 2) ovoz bolimi; 3) artikulatsion bo‘lim.
Nafas bo‘liiniga ko'krak qafasi, bronxlar va traxeya kiradi.
Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog'liqdir. Nutq nafas chiqarish fazasida hosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida havo oqimi bir vaqtning o‘zida tovush hosil qiluvchi va arti­kulatsion funksiyani bajaradi. (Shu bilan birga, asosiy funksiyasi havo almashinuvini ham bajaradi.) Nafas olish nutq jarayonida, odam jim turgan odatdagi vaqtdan jiddiy farq qiladi. Nafas chiqa­rish nafas olishdan biroz uzoqroq bo'ladi (nutqdan tashqari vaqtda nafas olish va nafas chiqarishning davomiyligi deyarli bir xil bo‘ladi). Bundan tashqari, nutq talaffuz qilinayotgan vaqtda na­fas olish harakatlari soni odatdagi nafas olish va nafas chiqarish (nutqsiz) vaqtidagidan ikki marotaba kamdir.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling