1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Download 1.26 Mb.
bet7/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

Oraliq miya (JGbosh miya yarini sharlari bilan qoplangan bo'lib, unga ko'rish bo'rtiqlari, bo'rtiq osti va tizzasimon tana kiradi.
Ko'rish bo'rtiqlari (thalamus opticus) katta ellips shaklidagi kulrang modda to'plamidan iborat bo'lib, pastki yuzasi past­ki bo'rtiq osti qismiga, lateral yuzasi miya katta yarim sharlariga tutashgan, medial qismi uchinchi qorinchaning yon devorini hosil qiladi. Ko'rish bo'rtiqlari yuqori qismining medial yuzasida hid bilish nervlari joylashgan. Ko'rish bo'rtiqlari guruhlashgan hujayralar tanasidan iborat. Bu hujayralar tanasida orqa tepalik, medial qovuzloq, uchlamchi nerv yo'li va miyacha yuqorigi oyoq­chasining o'tkazuvchi yo' 1 lari tugaydi.
Oldingi tanada hid bilish, ta’sirni o'tkazuvchi, so'rg'ichsimon, talamik yo'l tugaydi. Ko'rish bo'rtiqlarining pastki yostiqcha qismida ko‘rish nervi yoMining bir qismi tugaydi. Ko‘rish bo‘rtiqlari tanadagi barcha sezuv nervlarining markazi hisoblanadi. Ularning orqa qismida ko‘rish po'stloq osti markazi bodgan medi­al tizzasimon tana va eshitish po‘stloq osti markazi va lateral tizzasimon tana joylashgan.
Bo‘rtiq osti qismi (hypothalamus) oraliq miyaning bir qismi bo‘lib, bosh miyaning asosida yaxshi ko‘rinadi. Bu qismning orqa qismi ikkita so‘rg‘ichsimon tanani tashkil qiladi, bu yerda oxirgi miyaning hid bilish nervi tugaydi. So‘rg‘ichsimon tana hujayralarining tolasi so‘rg‘ichsimon talamik yo‘l hosil qilib, bu yerdan hidlash yo‘li ko‘rish bo'rtiqchalarigacha boradi. So‘rg‘ichsimon tananing oldingi tomonida kulrang tepacha joylashgan bo‘lib, u biroz torayib, voronkaga aylanadi. Voronkada gipofiz bezi osilib turadi. Kulrang tepacha vegetativ markaz bo‘lib, uning oldida ko‘rish nervlarining II jufti kesishib, ko‘rish yo‘liga aylanadi. Bo‘rtiq usti qism hid bilish impulslari bilan kam bog'langan, u epifiz bilan bog'langan o‘tkazuvchi yo‘llardan iborat.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling