Xulq-atvor kuzatuvi.
Jozef onasi kuzatuvida bo‘ldi. U test tadbirlarida qatnashishda qiyinchiliklarga shikoyat qilmadi. So‘zlashuvda ham qiyinchilik sezmadi. Test kuzatuvi davomida u gapga chechan edi. Jozef esa o‘zining ijtimoiy rivojlanishi pastligi va aqlan zaifligini ko‘rsatdi. Umuman aytganda tekshiruvlar natijasiga ko‘ra Jozefning rivojlanishini aniqlash darajasi aniq va ishonchli tanlovga mosligini ta’minladi.
Test natijalari.
Olingan ma’lumotlarga qaraganda Jozef gidrosefaliyaning bir qator kechki belgilarini boshdan kechirgan. Jozefning verbal xotirasi kuchli bo’libishiga qaramasdan axborotning ko'payishi eshitish xotirasining yomonlashuviga olib kelgan. Uning gidrosefaliya bilan oldindan og‘riganligi axborot rivojlanish tezligi zaifligini ko‘rsatdi.
Jozef topshiriqlarni bajarishga juda ko‘p vaqt sarflardi. Unda topshiriqlarni bajarishga kuchli sotsial xohish bo’libishiga qaramay, o‘qishida va ijtimoiy signallarni qabul qilishda qiyinchiliklar bo’libdi.
Gidrosefaliya (yunon. — «hydro» — suv, «kefaln» — bosh) — bukasallik bosh miyaning suv havzalari sistemasiga ortiqcha miqdorda miyaning serebral suyuqligi yig‘ilishi bilan xarakterlanadi. Suyuqlikning yigMlish joyidan (bosh miya suv havzalari) qon tomirlar tizimiga so'rilish joyiga yerib borishi qiyinlashishi natijasida okklyuzion gidrosefaliya, yoki so'rilishi qiyinlashishi natijasida arezorbtiv gidrosefaliya rivojlanadi.
Gidrosefal — gidrosefaliya kasalligi bilan kasallangan odam.
Gidrosefaliyaning asosiy alomatlaridan biri bu — bosh odchamlarining kattalashib ketishidir. Bundan tashqari yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gidrosefaliyaning bir neclita alomatlari uchraydi. Bularga: liqildoqning bo‘rtib chiqishi, boshni tutib tura olmaslik, ko‘z soqqalarining pastga qarab tortilishi misol bo‘ladi. Ay rim hollarda g‘ilaylik, ko'rish va eshitishning yomonlashuvi, ko‘ngil aynishi kuzatiladi.
Bu kasallikni oldini olish uchun ayollarni onalikka tayyorlash vaqtida yuqumli kasalliklarga chalinishdan ehtiyot bo‘lishlarini va bola tug‘ilgandan so'ng turli xil neyroinfeksion kasalliklarga chalinmasligini oldini olish choralari haqida tushuntirish olib borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |