1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Gidrosefaliyani endoskopik davolash usullari


Download 1.26 Mb.
bet13/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

Gidrosefaliyani endoskopik davolash usullari. Hozirgi kunda gidrosefaliyani endoskopik davolash jahon neyroxirurgik amaliyotida samarali usul hisoblanadi. Gidrosefaliyani endoskopik davolash usullarining turlari:

  • III qorinchaning endoskopik ventikulosisternostomiyasi;

  • akveduktoplastika;

  • ventikulosisternoskopiya;

  • septostomiya;

  • bosh miya qorinchalari ostidagi o\smalarni endoskopiya usuli bilan olib tashlash.

Davolashning boshqa usidlari hali jarrohlikda yaxshi samaraga ega emas deb hisoblanadi.
Moyamoya kasalligining kelib chiqish sabablari hali to‘lig‘icha o‘rganilmagan, lekin bu kasallikning asosiy sababi qilib genetik va oilaviy sabablar ko‘rsatiladi. Kasallik juda kam uchraydi. Le­kin hozirgi kunda bu kasallik AQSHda, Afrika mamlakatlarida va eng ko‘p hollarda Yaponiyada kuzatilgan.
Moyamoya kasalligini davolash uchun jarrohlik muolajalaridan foydalaniladi. Dori-darmonlar bilan davolash esa faqatgina yordamchi vazifani bajaradi, kasallik rivojlanishini to'xtatmaydi.
Jarrohlik aralashuvining asosiy maqsadi bosh miyani qon bi­lan yaxshi ta’minlanishiga erishishdir. Jarrohlik operatsiyasini olib borishdan oldin, bemorning bosh miyasi perfuziva qilinadi va shunga qarab jarrohlik olib boriladi.
Ensefalopatiyaning asosiy kelib chiqish sabablari:

  • bosh miya shikastlari (shikastlardan keyingi ensefalopatiya);

  • homiladorlik patologiyasi;

  • aterosleroz, gipertonik kasallik, disirkulyatsiya;

  • alkogol, og‘ir metallar, dori va zaharlar orqali intoksikatsiyalar (toksik ensefalopatiya);

  • narkomaniya;

  • ishemiya (miyaning surunkali kislorodga tanqisligi);

  • diabet.

Ensefalopatiyani davolash muddati kasallik turiga qarab belgilanadi. Davolash ambulator yoki statsionar sharoitda olib boriladi. Ensefalopatiyani davolash usullari quyidagilar:

  • dori-darmonlar bilan davolash (gormonlar);

  • blokadalar — preparatlarning kanallar bo‘shlig‘iga inyeksiya qilinishi;

  • osteopatiya;

  • fiziologik muolajalar;

  • davolovchi gimnastika;

  • igna bilan davolash — refleksoterapiya;


    Download 1.26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling