1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Ensefalopatiya (yunon. «eukefalos» — bosh miya, «patos» — kasallik yoki azoblanish)


Download 1.26 Mb.
bet11/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

Ensefalopatiya (yunon. «eukefalos» — bosh miya, «patos» — kasallik yoki azoblanish) — bosh miyaning yalliglanishlarsiz yuzaga keladigan kasalliklarining umumiy nomi (ensefalitdan tash­qari) hisoblanadi. Ensefalopatiya tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin. Ensefalopatiyada bosh miya to‘qimalarining distrofik o‘zgarishi yuz bcradi.
Ensefalopatiyaning ko‘p uchraydigan alomatlariga quyidagilar kiradi:

  • xotira va hushning yo‘qolishi;

  • bosh og‘rig‘i;

  • bosh aylanishi;

  • depressiyalar.

Ensefalopatiyaning shunday alomatlari bilan og'rigan bemorlar asosan holsizlik, jizzakilik, parishonxotirlik, uyqusizlikdan aziyat chekadilar.
Ensefalopatiyaning turlari:

  • Gaye—Vernike sindromi;

  • Xasimoto ensefalopatiyasi;

  • Po‘stloq osti aterosklerotik ensetalpatiyasi;

  • Rey sindromi;

  • Toksik ensefalopatiya;

  • Kreytfeldt—Yakob kasalligi.

Anensefaliya (yunon. «au» — yo‘q, «eukefalos» — bosh miya) ona qornida homilaning rivojlanmay qolishi natijasida bosh miya katta yarim sharlarining, yumshoq to‘qimalarining qisman yoki umuman yo'qolishidir. Bu kasallik yuqumli kasalliklar, zaharli moddalar, alkogol, tashqi muhitning zararli ta’sirlari natijasida yuzaga keladi. Bu kasallikda ona qornidagi homilaning rivojlanishi ortda qolishi natijasida u 21—28 kunlik bo'lganida nerv naylari rivojlanishi buzilishi kuzatiladi. Bunday kasallik natijasida homi­laning 50% i ona qornida nobud bo‘ladi. Qolgan 50% chaqaloqlar tirik tug‘iladi va 66% chaqaloqlar bir necha soat yoki bir haftagacha yashashi mumkin. Anensefallar orasida eng ko‘p umr ko‘rgan Bebi Key nomi bilan mashhur Stefani Kin hisoblanadi. U bu diagnoz bilan 2 yilu 174 kun yashagan. Anensefalit alomatlari paydo bo'lganda homiladorlikni uning niuddatidan qat’i nazar to‘xtatish talab qilinadi. Anensefaliya 10000 chaqaloqdan ltasida kuzatila­di. Bu kasallik bilan asosan qiz bola chaqaloqlar kasallanadilar.
Bosh miyaning inson havoti davomida orttirilgan kasalliklariga:

  • spelsifik va nospetsifik yallig‘lanishlar;

  • shikastlardan keyin yuzaga keluvchi kasalliklar;

  • meningit: sil meningiti va infeksion meningit;

  • insult: ishemik insult va gemorrogik insult;

  • altsgeymer sindromi;

  • moyamoya kasalligi;

  • shikastlar: ochiq va yopiq\

  • bosh miyaga qon ketishi;

  • bosh miyaning ncvrologik kasalliklari;

  • o‘smalar va boshqa turli kasalliklar kiradi.


Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling