1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


-mavzu. Ko’ruv sistemasi haqida tushuncha.Inson ko‘rish analizatorlari anatomiyasi va fiziologiyasi


Download 1.26 Mb.
bet73/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

14-mavzu. Ko’ruv sistemasi haqida tushuncha.Inson ko‘rish analizatorlari anatomiyasi va fiziologiyasi
Reja:
1. Ko'rish analizatorlari haqida umumiy tushuncha.

  1. Ko'rish analizatorlari anatomiyasi.

  2. Ko'rish analizatorlari fiziologiyasi.

Tayanch so’zlar va iboralar: ko’rish, ko’rish o’tkirligi, ranglarni his qilish, oftolmologiya, oftolmolog, refraksiya.


Inson ko'zi hayratlanarli darajada murakkab tuzilma bo'lib, u insonga ko'rish qobiliyatini beradi va inson sezgilaridan eng muhimidir. Ko'rish qobiliyati esa bizning atrofimizdagi olamni tushunish va muhitga mo'ljal olishimizning asosidir. Biz atrofimizdagi olamga qaraganimizda, ko'zlarimiz ko'rishning muhim fundamental bo'lagi bo'lgan nurni qabul qiladi.
Ko'ruv analizatorining o'tkazgich yo'li to'rtta nevron zanjiridan iborat. I-II-III nevron hujayralari ko'z retinasi — to'r pardasida joylashgan. Birinchi nevron hujayralari ko'ruv hujayralari yoki ko'ruv tayoqchalari va kolbachalar esa uning markazida bo'ladi. Retinaning markazida sarig' dog'da ko'plab kolbachalar bo'ladi, ular buyumlarni eng aniq ko'rish joyi hisoblanadi. Kolbachalar kunduzi ko'radigan va rangni sezadigan hujayralardir, tayoqchalar esa buyumlarni qorong'ida ko'rishga yordam beradi. Ko'ruv hujayralarining protoplazmatik o'siqchalarida ko'ruv purpuri — rodopsin joylashgan bo'lib, yorug'lik ta’sirotini nerv impulsiga aylantirib beradi. Hosil bo'lgan nerv impulslari birinchi nevron aksoni orqali ikkinchi nevronga, ya’ni bipolyar hujayralarning dendritlariga o'tkaziladi. Ganglioz hujayra aksonlari yig'ilib, ko'ruv nervini hosil qiladi.
Ko'ruv yo'llari miya oyoqchalarini tashqi tomonidan aylanib o‘tib, yuqoriga ko‘tariladi, miya moddasiga kiradi va ko‘rish yostiqchasi do'ngi va oldingi ikki do‘ng birlamchi markazda to'xtaydi yoki tashqi egri-bugri tanada to‘xtaydi. Shu yerda ko‘z pardaiari ganglioz hujayralari aksoni tugaydi va ikkinchi neyrondan ko'rish yog‘dusi deb ataladigan ko'rish tutami boshlanadi. Bu tutam ichki xaltaning orqa qismidan yo'nalib miyaning gardan bo'lagida tugaydi. Tolalarning ana shu tugallangan joyi po'stloqli ko‘rish analizatori hisoblanadi. Bu yerda ko‘rish analizatori birinchi ncyronda hosil bo'lgan nerv impulslarini nur va rang hissiyotlariga aylantirib beradi.
Shunday qilib, ko'rish yo'llari, birlamchi ko'rish markazlari, Grasiole tutami, po'stloq ko'rish zonalari qarama-qarshi tomondagi ko'zning xuddi shunday tarkiblari bilan o'zaro bog'liq.
Yorug' nur ta’sirida ko'z qorachig'i torayadi, qorong'ilikdan kengayadi (qorachiqning to'g'ridan to'g'ri reaksiyasi). Ammo bir tomondagi ko'zni yoruqlikka tushirilsa, ikkinchi tomondagi ko'z qorachig'i ham torayadi (qorachiqning nurga hamkorlik reaksi­yasi).
Ko'rish o'tkirligi. Tekshirish o'n qator qilib, jadval shaklida joylashtirilgan harflar yordamida olib boriladi. Bemor jadvaldan 5 m uzoqlikda turib, eng kattasidan boshlab eng kichigi bo'lgan harflarni ilg'ay olishi va aytishi kerak. Agar bemor 10 qator harflarning hammasini aniqlay olsa, ko'rish o'tkirligi 1.0 deb hisoblana­di (bar bir ko'z alohida-alohida tekshiriladi).
Agar bemor faqat birinchi qatordagi katta harflarni ko'ra ol­sa, uning ko'rish o'tkirligi 0,1 deb hisoblanadi va hokazo. Ko'ruv nervining uzilishi to'la ko'ra olmaslikka olib keladi (amavroz). Ko'rish o'tkirligining pasayishi ambliopiya deyiladi. Ko'rish o'tkirligi pasayishi refraksiyaning o'zgarishi bilan bog'liq va bu kamchilik linzalar (oyna) yordamida to'g'rilanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling