1-mavzu Nutq madaniyati faninig maqsadi vazifasi va ahamiyati
Download 30.11 Kb.
|
1-mavzu Nutq madaniyati
1-mavzu Nutq madaniyati faninig maqsadi vazifasi va ahamiyati.O`zbek tiliga davlat maqomi berilgandan so`ng nutq madaniyatiga bo`lgan e`tibor yanada kuchaydi. Bugungi kun tilshunosligining eng dolzarb masalalaridan biri ham nutq madaniyati asoslari fanini yuksak pog’onaga ko`tarish, uni rivojlantirishdir. Amaliy jihatdan bu fan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan sifatida to`g’ri va chiroyli nutq tuzish yo`llarini o`rgatadi. Shuningdek, chiroyli nutq tuzish qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo`lgan kamchiliklar va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi. Nutq-arabcha so`zdan olingan bo`lib, kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo`lgan tildan foydalanib, xususiy suhbatda, umumiy majlis, uchrashuv va yig’inlardagi gapi yoki o`qib eshittirgan so`zlaridir. Nutq-ma`lum maqsad bilan so`zlanadi va ma`lum bir g’oyaviy yo`nalishga hamda estetik ta`sir kuchiga egadir. Nutq madaniyati- bu fikrlarni til vositasi bilan to`g’ri, ravon, aniq, ta`sirchan qilib bera olishdir. Madaniyat -so`zi ham arabcha so`z bo`lib, shahar ma`nosini bildiradi. Fikrni izchil, ravon, ixcham va badiiy sodda ifodalagan nutq chiroyli nutqdir. Alisher Navoiy ham til kishilarning o`zaro aloqa vositasi, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri deb ta`riflaydi. O`zbekiston istiqlolining eng buyuk ne`matlaridan biri sifatida ham til mustaqilligini ko`rsatish mumkin. Zero, til mustaqilligisiz erkin va ozod davlatning o`zini ham tasavvur etish mumkin emas. Shu ma`noda tilimiz jozibasi, uning inson hayotida tutgan o`rni beqiyos, muomala madaniyati nutq odobi haqida bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishni ko’zda tutadi. Download 30.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling