1-mavzu. “Nutq madaniyati” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari. Shifokorning kasbiy tili mutaxassislik tili sifatida


Download 19.58 Kb.
bet1/3
Sana17.02.2023
Hajmi19.58 Kb.
#1206515
  1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU


1-mavzu. “Nutq madaniyati” fanining mazmuni, maqsad va vazifalari. Shifokorning kasbiy tili mutaxassislik tili sifatida.
Har so‘z ila elga o‘lumdin najot,
Har so‘z ila topib bu o‘lik tan hayot.
Alisher Navoiy.
“Siz avval o‘zingizni emas, so‘zingizni kiyintiring, odamlarning qulog‘ini og‘ritmasin, kayfiyatlariga botmasin! Maqsadga so‘z bilan yetishni orzu qildingizmi, shunday aytingki, so‘zingizni havoday shimirsinlar, gul hidlaganday vujudlari yayrab ketsin”, deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira, yozuvchi va madaniyat targ‘ibotchisi Tursunoy Sodiqova. Notiqlik mahorati, chiroyli va ta'sirchan so‘zlash muammosi azaldan san'at sifatida qadrlangan. Nutq madaniyati nutqning adabiy til qoidalariga asoslangan, muayyan talab va usullarga bo‘ysungan, asosiy talabi nutqni ilmiy, sermazmun, aniq, ravshan, tiniq, to‘g‘ri, ta'sirli, badiiy, mantiqiy, jarangdor bayon qilishdan iborat. Buning uchun nutq, avvalo adabiy til qonun-qoidalariga to‘liq javob berishi kerak. Nutq madaniyati shaxslar nutqi orqali namoyon bo‘ladigan ijtimoiy hodisadir. U insoniyat, jamiyat, ilm-fan, texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq holda shakllanadi va rivojlanadi. Nutq madaniyati» fanining maqsadi rezidentlarda fanga oid og‘zaki va yozma nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib quyidagilarni o‘z ichiga qamrab oladi:

  1. Rezidentlarda mantiqiy asoslangan og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish.

  2. Tibbiyotchi-pedagog nutqiga xos bo‘lgan ilmiy va amaliy asoslangan malakani shakllantirish.

  3. Tibbiyot tili va uslubiga, uning terminologik tizimiga xos xususiyatlar va qonuniyatlar haqida keng ma'lumot berish.

«Nutq madaniyati» fanining vazifalari esa quyidagilardan iborat:

  1. Rezidentlar nutqidagi nuqsonlarni oldini olish.

  2. Rezidentlar nutqidagi dialektal va sheva xatolarini bartaraf etish.

  3. So‘z, termin, atama, so‘z birikmasi, gap ustida ishlash asosida rezidentlarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.

  4. Ular nutqining mantiqan to‘g‘ri, fikran izchil bo‘lishini ta'minlash.

  5. Rezidentlarda bog‘lanishli nutq malakasini hosil qilish: so‘z yasash, so‘z birikmasi tuzish; gapdagi so‘zlar tartibini bilish, matn yaratish ustida ishlashda so‘zlarni tanlay olishni bilish.

Bo‘lajak mutaxassislar kasbiy fanlar bilan bir qatorda tibbiyot tili va uslubi, tibbiy terminologiya, bioximiya, zoologiya, anatomiya to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini tibbiyot sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida aniq va ravshan ifoda qila olmaydilar. Shunga ko‘ra bo‘lg‘usi tibbiyot xodimlari tibbiyot tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lishlari zarur.
Bo‘lajak tibbiyotchi-pedagog mohir notiq sifatida quyidagi jihatlarga e'tiborni qaratmog‘i zarur:
1. Notiqlik mahorati va san'atidan unumli foydalanish.
2. So‘z tanlash va qo‘llash san'atini puxta egallagan bo‘lishi.
3. Nutq tuzish va so‘zlash texnikasidan yaxshi xabardor bo‘lishi.
«Nutq madaniyati» fani ijtimoiy va aniq fanlar bilan chambarchas bog‘liqlikda rivojlanyapti. Nutq madaniyati o‘zbek tilshunosligining bir qismi sifatida tan olingan va u quyidagi fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda taraqqiy etadi: o‘zbek adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyoti, pedagogika, psixologiya, tarix, falsafa, mantiq, huquq, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, atamashunoslik, terminologiya, statistika, matematika, astronomiya, etika, estetika, geografiya, fizika, kimyo va boshqa fanlar. Tibbiyotchi-pedagogning nutqi esa yuqoridagi fanlar bilan bir qatorda tibbiyotning quyidagi fanlari bilan uzviy bog‘langan: patologik anatomiya va fiziologiya, bolalar pediatriyasi, oftolmologiya, kardiologiya, endokrinologiya, stomatologiya, travmatologiya, otoloringologiya. Tibbiyotchi - pedagog o‘z nutqida asosan tibbiyotga oid ko‘plab so‘z va terminlarni qo‘llaydi. Shuning uchun ham tibbiyot tiliga oid qonun va qoidalarni yaxshi bilishi zarur. «Nutq madaniyati» termini ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, tibbiyotchi-pedagogning nutqi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
1. Ma‘naviy yuksak g‘oya va fikrlarni aks ettirishi shart.
2. Mavzu muhim va auditoriyaga mos bo‘lishi kerak.
3. Qiziqarli va ta‘sirchan bo‘lishi lozim.
4. Texnik va ko‘rgazmali vositalarga, aniq ma‘lumotlar va dalillarga asoslanmog‘i zarur.
5. Adabiy til va adabiy so‘zlashuv nutqi me'yorlari (normalariga) qat'iy rioya etmog‘i shart.
Nutq madaniyati jamiyat hayoti va madaniyatining o‘ta muhim ajralmas tarkibiy qismi, muayyan voqyeligi ko‘rinishi sifatida alohida ahamiyatga egadir. U fikr almashish, muomala, so‘zlash kabi kundalik, doimiy, zaruriy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, ularni “boshqaradi”, ular orqali voqyelikka aylanadi, ta'sir qilish quvvatiga ega bo‘ladi. Nutq madaniyati termini tilshunoslikda uch xil hodisani ifoda etadi:
1) madaniy nutqning, ya'ni nutqiy hodisaning nomi;
2) madaniy nutq tushunchasi bilan bog‘liq va nutq madaniyati deb yuritiluvchi ilmiy muammoning nomi;
3) nutq madaniyati muammolarini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi sohaning, tilshunoslik fani bo‘limining nomi.
Keltirilgan uchta hodisaning har biri o‘zining murakkab ko‘rinishlariga va qirralariga ega, ularni bir - biri bilan qorishtirmaslik lozim.
Shunday qilib, nutq madaniyatiga berilgan eng muhim ta'riflar quyidagilardan iboratdir: (B.N.Golovin va boshqalar)
1. Nutq madaniyati - adabiy til rivojining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir (Praga lingvistik maktabi).
2. Nutq madaniyati (til madaniyati) - bu adabiy til me'yorlarining8shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishdan iborat bo‘lgan faoliyat, ya'ni til rivojiga ongli aralashuvdir (Praga linvistik maktabi).
3. Nutq madaniyati - tilni, uning qonun - qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahoratidir (A.Gurevich va boshqalar).
4. Nutq madaniyati - kishilarning o‘zaro to‘liq va teran fikrlashishi, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashi.
5. Nutq madaniyati - faqat to‘g‘ri nutqqina emas, balki uquvlilik hamda nutqiy chechanlik hamdir (G.O.Vinokur va boshqalar).
«Nutq madaniyati» fani o‘zbek tilshunosligining nazariy va amaliy bilimlariga tayangan holda to‘g‘ri va ta'sirchan nutq yarata olish yo‘llarini o‘rgatadi. Fan til madaniyati sohalari: til, nutq, nutq sifatlari, adabiy me'yorlar, uslubshunoslik, nutqning talaffuz qoidalari, nutqiy kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr yuritadi. Shunday ekan, O‘zbekiston dunyoga, dunyo xalqlari O‘zbekistonga nazar tashlayotgan, butun o‘zbek xalqi o‘z Prezidenti atrofida tobora mustahkamroq jipslashib, milliy ma'naviyat, milliy ong, milliy mafkura haqida har qachongidan ham ko‘proq qayg‘urayotgan bugungi kunda biz bilan do‘stona va samimiy muloqotda bo‘lishni istovchi davlatlar va millatlardan o‘zbeklarning o‘ziga xos muloqot xulqini ham sir tutmaymiz, aksincha, o‘zbeklar bilan muomala chog‘ida nimalarga e'tibor berish lozimligini avvalo o‘zimizga va boshqalarga o‘rgatamiz. Zero, hyech bir inson, hyech bir millat o‘zligini teran anglamasdan turib o‘zgani durust tushunib yetmagan.
AMALIY MASHG’ULOT
Nutq madaniyatini o‘rganish usullari

Download 19.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling