1-mavzu: Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini shallantirish. 2/4 o’lchovi
Download 0.63 Mb.
|
1-мавзу ДИРИЖЁРЛИК 3-КУРС СИРТКИ
; ; . o‘lchamdagi xar bir harakatga yarimtalik nota to‘g‘ri keladi. o‘lchamda xar bir harakatga choraktalik (♩) nota to‘g‘ri keladi. o‘lchamda xar bir harakat ga 8 talik (♪) nota to‘g‘ri keladi va x. k. takt berish «Ikkiga» hisoblanadi. U ikkita hisobli ritmik davomiylikka ega — 2 ta chorak bundan birinchisi — kuchli, zarbli, ikkinchisi — kuchsiz, zarbsiz. Har ikkala chorak tegishli qo‘l harakatlari bilan belgilanishi kerak. Aniqroq qilib aytganda qo‘l harakatlari — birinchisi kuchli, ikkinchisi kuchsiz harakat bilan belgilanadi. Biroq, ikki hissali to‘r (sxema) ni bajarishda bir hususiyat borki, unga jiddiy e’tibor berish kerak. Ma’lumki, qo‘l o‘zining tabiiy hususiyatlari tufayli «Bir» deb pastga keskin tushirilgandan keyin albatta tepaga «sakrab» ketadi, agar 2 hissali to‘rda u qaytish chog‘ida juda keskin harakat qilsa, unda ikkinchi hissa paytida tepaga chiqib qolishi mumkin, shu tariqa «ikki» pastdan tepaga emas, yana tepadan pastga, «Bir» singari bo‘lib qoladi. Oqibatda taktning 1–chi va 2–chi hissasi bir-biridan farq qilmay qo‘yadi. Buning oldini olish uchun «Birga» harakatidan so‘ng qo‘lning «sakrashga» intilishini bosib, «ikkiga» harakatini pastdan tepaga boshlash kerak. «Bir»dan so‘ng qo‘lni vaqtida to‘xtatish zarurati boshlovchilar uchun 2 –chi hissani bajarishning qiyin jihatidir. Tajriba shuni tasdiqlaydiki, birinchi hissaning aniqligi bo‘yicha «Birga» qo‘lning pastga harakatini, «Ikkiga» tepaga harakatini talab etuvchi ikki hissali metr to‘ri eng qulaydir. Ikki hissali o‘lchamlarda dirijyorlik setkasini shakllantirish haqida aytilgan barcha narsalar boshqa o‘lchamlarga ham birdek taalluqli. Bunga shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, taktning kuchli hissasi kuchsiziga nisbatan ko‘proq urg‘u berilishi kerak Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling