1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish. “Bolalarga nibatan zo`ravonlik va ehtiyotsiz munosabat tushunchasi
Download 281.36 Kb.
|
OBBII 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning prinsiplari
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish. “Bolalarga nibatan zo`ravonlik va ehtiyotsiz munosabat tushunchasi.
O‘zbekistonda Bola huquqlari bo‘yicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi. Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat bo‘ldi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun hujjatlarining klassifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta’minlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali bo‘lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi. Shuningdek, 2010 yil 30 sentabrda “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunning amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Ya’ni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini va ular o‘rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilab berdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiy iqtisodiy va madaniy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan o‘ta muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunday muhim hujjatlar yurtimizda inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish borasida o‘ziga xos huquqiy taraqqiyotga erishilganligining yorqin amaliy ifodasidir. Umuman aytganda, bugungi kunda O‘zbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘ziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan bo‘lib, ayni paytda mamlakatimiz bu yo‘lda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biridir. Nima uchun O‘zbekistonda Bola huquqlariga katta e’tibor qaratilishini quyidagilar bilan izohlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi aholisining 40% ni 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa – 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar. Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratilgan. Ta’kidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston qo‘shilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasidir. Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar va qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri – bu bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bo‘lib, mazkur yo‘nalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, bola huquqlarini ta’minlash va himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning ta’lim olishi, davolanishi va ularning boshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yo‘lga qo‘yish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsoni bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” shartnoma kuchiga ega bo‘lgan xalqaro huquqiy hujjat bo‘lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Konvensiyaning 1- 41 moddalari bolalarning huquq va erkinliklari to‘g‘risida, 42 – 54 moddalari ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari to‘g‘risida. “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ning prinsiplari: Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish barcha huquqlar hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi. Davlatning vazifasi – bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini ta’minlash va hamda uning huquqlarini ta’minlab berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish. Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli ta’minlash. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oladi. Bolaning yashab ketish va sog‘lom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va sog‘lom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi. Bolaning huquqlarini tan olish. Bola o‘zining fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri e’tiborga olinishi shart. Download 281.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling