1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Download 281.36 Kb.
bet16/57
Sana06.11.2023
Hajmi281.36 Kb.
#1750980
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
OBBII 1-qism

Nazorat uchun savollar:

  1. Oila tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Monogam oila tushunchasiga ta`rif bering.

  3. Bola manfaatiga yo’nalgan oila nima deb ataladi?

  4. Alternativ oila turlari deb nimaga aytiladi?

  5. Oilani inqirozga olib keluvchi sabablar nimalar?

  6. Oilaviy munosabatlar tushunchasiga izoh bering.

  7. Oilaning hissiy-emotsional funksiyasi nimalardan iborat?

  8. Oilada jismoniy quvvatni ta’minlash deganda nimani tushunasiz?

  9. Oilada ma’naviy muloqotni ta’minlash funksiyasi nima?

  10. Oilada baxt va tinchlik,hotirjamlikni barqarorlashtirish funksiyasiga ta’rif bering.

2-mavzu. Bouen oilaviy tizimlari va Minuxin tarkibiy terapiyasi yondoshuvi.



  1. Oila tizimining asosiy elementlari.

  2. Bouen nazariyasida elementlarning o`zaro bog’liqligi.

  3. Inson kapitali rivojida oilaning o`rni va roli.

  4. Oilani ijtimoiylashtirish modellari.



Tayanch iboralar:oila energetikasi, oilaviy munosabatlar tizimi, oilaning funksional xususiyatlari, distant oila.


Oilaviy hayotni tizimli tarzda tasavvur etib, uning psixologik xususiyatlarini o’rganishga jazm etgan olimlardan biri amerikalik tadqiqotchi Virjiniya Satir (1992, 2000) hisoblanadi. U oilaviy hayotni tavsiflash uchun quyidagi tushunchalarni ishlatadi: oila energetikasi, oila tizimi, chegarasi va funktsional xususiyatlari. Bu bilan u kelib chiqishi nuqtai nazaridan biologik hisoblangan ijtimoiy institutga texnologik metodologiyani tadbiq etishga urinadi. Bunday yondoshuv XX asr o’rtalariga xos bo’lib, u tufayli olim oilani tushunish borasida nafaqat yangi yo’nalishga asos soldi, balki uni davolash, bu boradagi tibbiy muammolarni ham o’rganishni boshlab berdi.
Oila energetikasi tushunchasi o’z ichiga ko’plab jabhalarni xususan, oilaning tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi omillar, ekologik shart-sharoitlardan boshlab, tiriklikning mezonlari bo’lmish ovqatlanish hamda har bir oila a’zosining xatti-harakatlarining namoyon bo’lishigacha qamrab oldi. Oilaviy hayotning psixologik energetikasini tavsiflash uchun Satir “oilaning emotsional qozoni” tushunchasini ishlatadi, ya’ni, oila a’zolarining kundalik muloqot, muomala jarayonlarini u go’yoki “bir qozonda qaynovchilarning birgalikda yashashida namoyon bo’ladigan hissiyotlar ko’zgusiday” tasavvur etadi. Bu “qozonda”gi his-kechinmalar hayotning muayyan davrlarida o’ta jo’shqin va boy bo’lsa, boshqa bir davrda mazmunan tor yoki tarang ham bo’lishi mumkin. Oila a’zolarining bir birlariga mehr-muhabbati, yaqinligi, hamkorligi ma’lum davrlarda kuchli ijobiy bo’lsa, boshqa davrda kimnidir kimdandir tobeligi bois yoki kimningdir qattiqqo’lligi bois torroq, mazmunsizroq bo’lishi ham ko’zatiladi.

Download 281.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling