1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Oilaviy munosabatlar tizimi


Download 281.36 Kb.
bet17/57
Sana06.11.2023
Hajmi281.36 Kb.
#1750980
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
Bog'liq
OBBII 1-qism

Oilaviy munosabatlar tizimiSatir ta’rifida oila a’zolarining muayyan rollar doirasida u yoki bu holatlarda o’zligini namoyon etishi yoki ijrosi emas, balki, bu har bir oilaga xos bo’lgan o’zaro munosabatlar “xaritasi”dir. Masalan, biror oilaga yordam bermoqchi bo’lgan terapevtga ayni shu xarita kerak, chunki u real a’zolarning real o’zaro munosabatlarini boshqachasiga tasavvur etishi mushkul. Bu xaritaga ayni shu oila a’zolaridan tashqari, ularning yaqinlarining ta’siri ham kiradi. Masalan, agar erkak kishi oilada qandaydir ajrab qolgan bo’lib, xotini va farzandlari bilan yashagan taqdirda ham uning xotiniga bo’lgan real munosabatlariga boshqa uyda yashaydigan onasining ta’siri bo’lsa, demak, oilaviy munosabatlar xaritasida qaynonaning ta’siri ham albatta nazarda tutilishi shart. yoki birinchi nikohidan ajralgan ayol sobiq erining farzandi bilan birga yashayotganligi bois, hamisha uni eslab turishi, bolasining istagiga ko’ra, sobiq eri bilan ko’rishib turishi, hattoki, moliyaviy jihatdan unga tobe ham bo’lishi mumkin. Bu, tabiiy, ayni paytda real oilaviy munosabatlarga ta’sir etmay qolmaydi.
Oilaning funksional xususiyatlari – bu oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning sifatiy taraflarini tavsiflaydi. Masalan,

  • muloqot uslublari;

  • har bir oilaga xos bo’lgan tartib-qoidalar;

  • o’zaro muloqot jarayonida kommunikativ to’siqlarning mavjudlari (yo’qligi).

Satir o’zining psixoterapevtik tajribasidan kelib chiqqan holda oilaviy munosabatlar jarayonida ko’zga tashlanadigan muloqotning 5 xil uslubini ajratadiki, ulardan to’rttasini u samarasiz deb ataydi, bittasi yetarli darajada tajriba va bilimga ega bo’lgan yetuk muloqot uslubiga kiradi. Dastlabki to’rttasi odatda muomala jarayonida biror muammo yoki to’siqni yengishga, o’zini ataylab yaxshi ko’rsatishga, kimgadir yoqishga yoki aksincha, kimnidir nimagadir ayblashga, tanqid qilishga xizmat qiluvchi uslublardir. Masalan,

  • Xushomadgo’ylik uslubi kimlargadir ataylab yoqish maqsadida barcha oila a’zolarining xatti-harakatlaridan andoza olish, o’zini yerga urib bo’lsa-da, o’zgalar bilan kelishib yashash, bu bilan o’zini hamisha yerga urishni nazarda tutadi.

  • Ayblovchi uslub doimo kimnidir nimagadir o’rgataverish, tanqid va nazorat qilish, faqat o’zidan kuchli odam oldidagina biroz o’zini tortish bilan bog’liq kommunikativ harakatlarni o’z ichiga oladi. Birinchi va ikkinchi uslublar go’yoki bir birini to’ldiradi.

  • Hisob-kitobli muomala uslubi shundayki, unga ko’ra odam hamisha va har qanday vaziyatda aniq, bexato harakatlar qilishga intiladi, chunki bunday odam adashmay, doimo “to’g’ri, benuqson” bo’lishga intiladi, shuning uchun bunday insonning harakatlari doimo sun’iyday, his-tuyg’ulari esa mazmunsiz, doimo tazyiq ostiga olinganday bo’ladi.

  • Chetlashtirilgan muomala uslubi o’zini nima qilib bo’lsa-da o’zgalardan uzoqda, muayyan masofada tutishga qaratilgan, odamoviday boshqalarning nazaridan ham, ularning ta’siridan ham o’zini tortadi (masalan, bizda odatda yangi kelinchak o’zini ana shunday tutadi).

  • Yetuk, adaptiv muomala uslubida esa inson hamisha o’z oiladoshlari bilan to’g’ri, samimiy, ochiq munosabatlarga tayyor bo’ladi. Bunday odam o’zining barcha fazilatlarini bilgani va saqlagani holda boshqalarning ham shaxs ekanligini, individualligini unutmagan tarzda muloqotga kirishadi. U gapirishni ham maromida eplaydi, o’zgalarni tinglashni ham biladi, shu sababli, unga qandaydir kommunikativ to’siqlar xatarli emas.

Psixoterapevtik amaliyotda Satir ham Karl Rojers kabi barcha muomala uslublarini tahlil qilar ekan, bir insonning boshqa bir insonni tinglay olishiga alohida e’tibor qaratadi. Asosiy maqsad shundan iboratki, har bir oila a’zosini o’z tartib-qoidalarini buzmagan holda muomala madaniyatiga o’rgatishdir. Masalan, oilaning muayyan tartib qoidalariga quyidagilar kirishi mumkin: “Yakshanba kunlari hamma to’planib, birga tushlik qilishadi”, “Otamiz uxlagan paytda unga hech kim halaqit bermaydi”, “Maktab harajatlari uchun bolalarga muayyan miqdorda pul beriladi” va hokazo.
Ochiq tartib-qoidalardan tashqari, har bir oilaning yashirin qoidalari ham mavjudki, ular ham oilaviy munosabatlarning yaxshi bo’lishida katta rol o’ynaydi. Odatda bunday qoidalar muayyan mavzularning oila davrasida ko’tarilmasligi yoki ma’lum tarzda his-kechinmalarning namoyon etimasligida ko’rinadi. Masalan, otasining oldingi nikohdan farzandlari borligi mavzusi, oilada nogiron borligi, bolaning qandaydir falokat tufayli ruhan yoki jismonan dardman bo’lib qolgani, kimnidir qamalib ketganligi, ota va onaning birga yotmayotganligi, otaning spirtli ichimliklarga ruju qo’yganligi kabilar odatda oila a’zolari to’plangan paytda ochiq muhokama qilinmaydi. Chunki rasman taomil bo’yicha bunday holatlarga bevosita bolalarning aloqasi ham, aybi ham bo’lmaydi, shuning uchun ularda shu kabi salbiy tajriba paydo bo’lishidan saqlagan tarzda bu kabi holatlar muhokama qilinmaydi.

Download 281.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling