1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja


Vasiy va homiy tayinlash tartibi


Download 281.36 Kb.
bet44/57
Sana06.11.2023
Hajmi281.36 Kb.
#1750980
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Bog'liq
OBBII 1-qism

Vasiy va homiy tayinlash tartibi
Vasiylik va homiylik majburiyatlarini bevosita amalga oshirish uchun vasiylik va homiylik organi vasiy yoki homiy tayinlaydi.
Vasiy yoki homiy etib voyaga yetgan har ikki jinsdagi fuqarolar ularning roziligi bilangina tayinlanishi mumkin.
Vasiylik va homiylik tayinlash lozimligi vasiylik va homiylik organlariga ma`lum bo`lgan vaqtdan boshlab bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi lozim.
Quyidagi shaxslar vasiy va homiy qilib tayinlanishi mumkin emas:
ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olganligi ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha bekor qilingan bo`lsa;
qonun bilan zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklari yoki o`z huquqlarini suiste`mol qilganliklari uchun vasiylik yoki homiylik vazifalaridan chetlatilganlar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
Vasiylik quyidagi hollarda tugaydi:
vasiy yoki vasiylikdan shaxs vafot etganda;
voyaga yetmaganlarga nisbatan – ular o`n to`rt yoshga to`lganda yoki ular ota-onasi tarbiyasiga qaytarilganda;
qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganlar uchun – ularning muomala layoqati sud tomonidan taqiqlangan taqdirda tugaydi.
Voyaga yetmagan bola o`n to`rt yoshga to`lganligi sababli vasiylik tugaganida vasiy vazifasini bajaruvchi shaxs maxsus tayinlanmasdan voyaga yetmagan shaxsning homiysi bo`lib qoladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Ijtimoiy muhofaza qilish tizimi deganda nimami tushunasiz?

  2. Ijtimoiy nafaqalar deganda nimani tushunasiz?

  3. Ijtimoiy yordam nima?

  4. Sotsial xizmat turlariga nima kiradi?

  5. Ijtimoiy ta’minot xizmat turlariga nimalar kiradi?

  6. Bolalarga nisbatan zo’ravonlik va ehtiyotsiz munosabat deganda nimani tushunasiz?




Download 281.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling