1-mavzu. Oila tizim sifatida. Reja
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarga yordam ko`rsatish markazi. Sotsial xizmatning statsionar muassasi
Download 281.36 Kb.
|
OBBII 1-qism
Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarga yordam ko`rsatish markazi. Sotsial xizmatning statsionar muassasi
Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi. Quyidagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi: yetim bolalar; ota-onasi noma`lum bo`lgan yoki tashlab ketilgan bolalar; ota-onasi, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, daraksiz yo`qolgan deb e`lon qilingan, ozodlikdan mahrum qilingan bolalar; sog`lig`iga ko`ra farzandlarining tarbiyasi va ta`minoti bilan shaxsan shug`ullanolmaydigan ota-onalarning bolalari; ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan, tarbiya va davolanish muassasalaridagi, shuningdek aholini ijtioiy himoyalash va shunga o`xshash muassasalardagi bolalar. Oilaga tarbiyaga beriladigan bolalar vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanadi va hisobga olinadi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to`g`risida Nizom» ga ko`ra, vasiylik va homiylik organi bolalarni tarbiyaga olishni istovchilarning oilaviy sharoiti, moddiy ta`minoti va ahvolini tahlil qilib, ularni ro`yxatga oladi. Bolalarni tarbiyaga olishni istagan shaxslar o`zlari yashaydigan joydagi vasiylik va homiylik organlariga ro`yxatga olinishlarini so`rab ariza berishadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak: ish joyidan vazifasi va maoshi miqdori ko`rsatilgan ma`lumotnoma yoki tegishli tartibda tasdiqlangan daromadlari haqida deklaratsiya nusxasi; uy-joy borligini tasdiqlovchi hujjat; agar nikohda tursa, nikoh guvohnomasi nusxasi; bolani tarbiyaga olishni istagan shaxs va uning oila a`zolari sog`lig`i haqida tibbiy ma`lumotnoma. Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to`g`risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-ona o`rtasida tuziladi. Tutingan ota-onalar, bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan, bolani oilaga tarbiyaga olishga huquqi bo`lgan fuqarolar orasidan vasiylik va homiylik organlari tomonidan tanlanadi. Tutingan ota-onalikka nomzodlar tanlashda ularning shaxsiy xususiyatlari, fe`l-atvori, sog`lig`i, o`zi bilan birga yashaydigan oila a`zolari va boshqalar bilan munosabati hamda bola tarbiyasi sohasidagi tajribasi e`tiborga olinadi. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish to`g`risidagi kelishuvda uning tuzilgan vaqti va joyi, kelishuvni tuzayotgan vasiylik va homiylik organining nomi, yuridik manzili, tutingan ota-onaning shaxsini tavsiflovchi ma`lumotnomalar (jumladan, turar joyi, pasportining tartib raqami), tarbiyaga berilayotgan bola haqida batafsil ma`lumotnomalar, tutingan ota-onaning asosiy huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organining tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari hamda kelishuvning amal qilish muddati, uni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko`rsatilishi lozim. Kelishuvda tutingan ota-onaning asosiy majburiyatlari sifatida quyidagilar ko`rsatilishi mumkin: tutilgan bolani o`zaro yordam va hurmat asosida tarbiyalash; bolaning ta`lim olishi, jismonan, ruhan, ma`nan va axloqiy sog`lom o`sishi uchun sharoit yaratish; bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish; bolaning sog`lig`i va sog`lig`i haqidagi tibbiy tavsiyalardan kelib chiqib, uni vaqti-vaqti bilan mutaxassis-vrachlar ko`rigidan o`tkazib turish, bolaning davolanishini ta`minlash; bolaning umumiy ta`lim muassasalarida ta`lim olishini ta`minlash, uning fanlarni o`zlashtirishini kuzatib borish va maktab ma`muriyati bilan aloqada bo`lib turish; tutingan oilada bolaning tarbiyasiga salbiy ta`sir qiladigan yoki kelgusida uning bu oilada yashashi va tarbiyalanishini istisno qiluvchi holatlar yuzaga kelganda, bu haqda darhol vasiylik va homiylik organlariga xabar qilish va boshqalar. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish to`g`risidagi kelishuvda vasiylik va homiylik organlarining majburiyatlari sifatida quyidagilar ko`rsatilishi mumkin: tutingan bolani maktabga, tarbiya muassasalariga joylashtirishga yordam berish; bolaning davlat tibbiy muassasalarida tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi va bepul davolanishini ta`minlash; bola tarbiyasida tutingan ota-onaga turli maslahatlar berib turish va uslubiy yordam ko`rsatish; bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilishda tutingan ota-onaga huquqiy yordam ko`rsatish; tarbiyaga olingan bolaning ta`minoti uchun belgilangan tartibda nafaqalar to`lab turish; tutingan bola uchun sog`lomlashtirish muassasalariga bepul qo`llanmalar ajratish; turli xayriya va otaliq yordamlari uyushtirish va boshqalar. Bolalarni oilaga tarbiyaga berish to`g`risidagi kelishuv quyidagi sabablarga ko`ra bekor qilinishi mumkin: tutingan ota-onaning (ayrim hollarda, ularning oila a`zolaridan birining) tutingan farzand tarbiyasi bilan to`laqonli shug`ullanishi imkonini bermaydigan yoki bola sog`lig`i yoki hayoti uchun xavf tug`diradigan kasallik bilan kasallanganida; tutingan ota-ona oilaviy ahvolning keskin o`zgarishi (yangi oila qurilishi, tutingan ota-onadan birining vafoti va boshqalar)da; tutingan ota-onaning mulkiy mavqeining tutingan bola tarbiyasi va ta`minoti bilan shug`ullanish imkoniyatiga jiddiy ta`sir ko`rsatadigan darajada o`zgarishida; tutingan ota-ona bilan bola o`rtasida bartaraf qilish imkoni bo`lmagan tushunmovchiliklar paydo bo`lganda; tutingan ota-onaning o`z farzandlari (yoki boshqa oila a`zolari) bilan tutingan bola o`rtasida jiddiy nizolar vujudga kelganda; tutingan oilada tarbiyaga berilgan bolaning yashashi, ta`lim va tarbiya olishiga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi boshqa noqulay sharoit vujudga kelganda; bola o`z ota-onasiga qaytarilganda; bola farzandlikka olinganda (shu jumladan tutingan ota-ona tomonidan). Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar: O`zlariga tegishli bo`lgan aliment, shuningdek, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to`lovlarni olish; Uy-joyga bo`lgan mulk huquqi yoki uy-joylardan foydalanish; qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olish kabi huquqlarini saqlab qoladilar. Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o`z huquq va manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ham egadir. Bolaning manfaatiga daxldor har qanday masala oilada hal qilinayotganida bola o`z fikrini bildirishga haqli. Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo`lishi mumkin, quyidagilar bundan mustasno: Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; Sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan shaxslar; Qonun bilan o`z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar; Ilgari farzandlikka bola olgan, lekin ushbu Kodeks 169-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha sud tomonidan farzandlikka olish bekor qilingan shaxslar; Qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar; Sog`lig`ining holatiga ko`ra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar. Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar (tutingan ota-ona) qonun tomonidan o`zlariga berilgan huquqlardan faqat bola manfaatlarini ta`minlash maqsadidagina foydalanishlari lozim Download 281.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling