1-mavzu: oliy ta’limning me’yoriy-huquqiy asoslari tayanch tushunchalari
-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Download 195.7 Kb.
|
Maratova Fariza 1,2,3
57-modda. Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi. (57-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. (57-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) Oldingi tahrirga qarang. Litsenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning quyidagi turlari uchun alohida beriladi: maktabgacha ta’lim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha ta’lim mustasno); umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim. (57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) Oldingi tahrirga qarang. 571-modda. Nodavlat ta’lim faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirish Ta’limning quyidagi turlari Ta’lim inspeksiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish orqali amalga oshiriladi: maktabdan tashqari ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda xabarnoma yuboriladi. (571-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son) Download 195.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling