2-MAVZU: TA’LIM SOHASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY PRINSIPLARI
Tayanch tushunchalari: davlat ta`lim standarti, oily ta`lim, bakalavriat, magistratura, o`quv reja, o`quv yuklama, o`quv fani, o`quv dasturi.
Reja:
1. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
2. Davlat ta’lim standartlari
3-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari.
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning xamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo’lishni va iste’dodni rag`batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.
Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta'lim va tarbiyaning uyg‘unlikda olib borilishi;
ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xususiyatga ega ekanligi;
ta'limning uzluksizligi, uzviyligi va izchilligi;
12 yillik (6 yoshdan 7 yoshgacha bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta'limga tayyorlash hamda o‘n bir yillik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus) ta'limning majburiyligi;
ta'lim tizimining dunyoviy xususiyatga ega ekanligi;
davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish;
insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi;
jamiyatda pedagog xodimlar ijtimoiy himoyasining kafolatlanganligi;
ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Davlat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi, ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, har kimga ta'lim olishda teng huquqlarni kafolatlaydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING BUYRUG‘I
“OLIY TA’LIMNING DAVLAT TA’LIM STANDARTI. ASOSIY QOIDALAR” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT STANDARTINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Do'stlaringiz bilan baham: |