1-mavzu: O’qish sifatini jadallashtirish usullari fanining maqsadi va vazifalari
-mavzu. Matnni ifodali o‘qish, hikoyalash va qayta hikoyalash
Download 73.82 Kb.
|
7-mavzu. Matnni ifodali o‘qish, hikoyalash va qayta hikoyalash.
O’qish darslarida o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatishning, asosan ikki yo’li bor: 1. Dars jarayonida turli matn xarakteridan kelib chiqib, o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish; 2. O’qish darslari materiallariga berilgan soatlarni qisqartirish hisobiga maxsus ifodali o’qish dasturlari tashkil etish. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni ifodali o’qishga o’rgatish usullari quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1. To’g’ri o’qish. Birinchi sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. Har bir so’z, bo’g’in va tovushni to’g’ri, eshitarli, talaffuz etilishiga erishish lozim. 2. Ongli o’qish. O’quvchi har bir gap, gapdagi so’z, so’zdagi bo’ginlarni o’qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o’qishi kerak. 3. Tez va ravon o’qish. Sekin yoki juda tez o’qish emas, balki gapirganday, o’rtacha tezlik sur’atiga amal qilinib, ham to’g’ri, ham ongli, ham sidirig’asiga ravon o’qishni ta’minlash zarur. Agar o’quvchi, labi labiga tegmay, haddan yashqari tez yoki aksincha sekin, tutilib o’qisa ko’r - ko’rona, ma’nosiga tushunmay qolishi mumkin. O’rtacha tezlikda o’qishga o’quvchi harf tovushlarni o’rganayotgan vaqtdan boshlab asos yaratiladi. Biroq dastlabki o’rinda to’g’ri va ongli o’qish jarayonidagi o’rtacha tezlik darajasiga erishiladi. To’g’ri o’qishga o’rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So’zlarni bo’g’inlarga bo’lib o’qish. Masalan: “Fazliddin” Faz-lid-din, ro’z-no-ma. Shuningdek, buzib o’qigan ayrim so’zlarni to’g’ri o’qiy olmasa uni bo’g’in tovushlarga bo’lib o’qigan ayrim so’zlarni ovoz chiqarib takror o’qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan hisoblanadi. Ongli o’qishga o’rgatish uchun notanish so’zlarga izoh berish, matn yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o’rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja asosida matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib so’zlash kabi usullar ham muhim yordam beradi. Ravon o’qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o’qishga o’rgatishning eng muhim usullaridan biri o’qituvchining namunali ifodali o’qishidir. Buning uchun o’qituvchi o’qitishning pauza, urg’u, ohangi, sur’at kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratga ega bo’lishi, og’zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim. Quyidagi kichik hikoya asosida o’quvchilar bilan birgalikda qayta hikoyalaymiz. Odob Odamlar bilan liq toʻla avtobus noiloj navbatdagi bekatda toʻxtadi. Biror yoʻlovchi tushmadi. Ammo oldi eshikdan tuguncha koʻtargan kampir bilan chol chiqdi. Oyoq qoʻyishga joy yoʻqligidan qariyalar chiqqan joylarida turib qolishdi. Biroq bir-ikki bekat yurmasdan odamlar ularni avtobus oʻrtasiga surib, oborib qoʻyishdi. – Bolam, – dedi chol bittalik oʻrindiqda xoʻmrayib oʻtirgan bolaga, – mana bu buvingni qoʻlidagi tugunchani ushlab oʻtir, savob boʻladi, – chol tugunchani kampiridan olayotib chayqalib ketdi, yaxshiyam doʻppili amaki chaqqonlik qilib ushlab qoldi. Aks holda... – Bu xolani tanimayman, mening buvim yoʻq. Kesatmasdan, joyni boʻshat, kampirim oʻtirsin, deyavermaysizmi?! – dedi bola toʻngʻillab oʻrnidan turarkan. – Bolam, oʻtiravering, sizlar ham kun boʻyi oyoqda yurib charchaysizlar. Uyimizga yaqin qoldi, bir amallab yetvolaman. Buvangiz betobligim uchun meni ayadilar-da, – dedi kampir xijolat tortib. – U-f-f, buni avvalroq oʻylash kerak edi. Oʻrnimdan turib boʻldim-ku, endi oʻtiravering, koʻp gapirmasdan. – Umringizdan baraka toping bolam. Sizga ham bizga oʻxshab qarish nasib qilsin, – duo qildi kampir oʻrindiqqa oʻtirayotib. – Men qariganimda turtinib-surtinib avtobusda yurmayman, mazza qilib uyda oʻtiraman, – dedi bola baralla ovozda. Yoʻlovchilar bolaga “yalt” etib qarashdi. Doʻppili amaki nimadir demoqchi boʻldi-yu, bu odobsiz bolaga gap kor qilmasligini sezib indamay qoʻya qoldi. – “Buvim yoʻq”, dedi, ota-ona tarbiyasini ham koʻrmagan, shekilli. Kap-katta bolaning qilgan ishini qarang, betgachoparlik ham evi bilan-da, agar meni oʻgʻlim shunday qilsa... – pichirladi bir ayol yonidagi sherigiga. – Bolam hali yosh, qaysar bola tez quyiladi. Xudo xohlasa, shunday yigit boʻladiki... – ularning gapini boʻldi chol, boʻshagan oʻrindiqqa oʻtirayotib. Ustozlari, ota-onasi u bilan faxrlanib yuradi. Keyin bolaga yuzlandi, – kel oʻgʻlim, yonimga oʻtir. Gaplashib ketamiz. – Rahmat, doda, amakim oʻtirvosinlar, men hozir tushaman, – bola shunday deb oldi eshikka qarab yurdi. Keyin eshitilar-eshitilmas pichirladi, – xayr buvijon, yaxshi yetvoling! Kampir unga qarab qoʻl silkib xayrlasharkan jilmayib qoʻydi. Toʻlqin MUHIDDIN Hikoyani o’qituvchi bir marta o’zi o’qib beradi va uni qayta hikoya qilishda quyidagicha topshiriq berish mumkin. Hikoyani to’rt qismga ajratib, ulardan asosiy gaplaridan bittadan o’qituvchi yozib o’quvchilar guruhiga beradi va o’quvchilar o’zlariga tushgan gaplarga qarab birin ketin qayta hikoya qiladi. Download 73.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling