1-mavzu: O’qish sifatini jadallashtirish usullari fanining maqsadi va vazifalari


-mavzu: O’qish sifati usullari – tez, to’g’ri, ifodali va ongli o’qish yordamida matnni tahlil qilish


Download 73.82 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi73.82 Kb.
#1829297
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu: O’qish sifati usullari – tez, to’g’ri, ifodali va ongli o’qish yordamida matnni tahlil qilish.
Boshlang’ich sinflarda har qanday asarni tahlil qilishda quyidagi qoidalar asosida tahlil qilinadi:

  1. Asarni mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish bir jarayonida boradi.

  2. Asarning g’oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig’i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarining shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog’lanishli nutqning o’sishini ta’minlaydi.

  3. O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning asosiy sharti hisoblanadi.

  4. Sinfda o’qishga o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi.

Bolalar bilan har qanday asarni tahlil qilishda asarni o’qishdan oldin uning sarlavhasi yuzasidan “Aqliy hujum” asosida savollar bergan maqul, chunki bu orqali o’quvchi asarni bilish uchun qiziqish paydo bo’ladi va uni o’qish davomida diqqatini jamlaydi. Keling quyidagi kichik hikoya asosida ko’raylik:

  1. Quyosh haqida bilamizmi bolajonlar?

  2. Quyosh bilan biz gaplasha olamizmi?

Endi sizlar bilan quyosh bilan gaplashgan bolakay haqidagi hikoyani o’qiymiz.
Quyosh bilan gaplashgan bola
Tog‘am Mehribonlik uyida oshpaz bo‘lib ishlardilar. Bir kuni men u kishiga ko‘maklashmoqchi bo‘lib, oyimdan ruxsat so‘radim. Darrov ko‘ndilar. Ishonasizmi, bag‘ritosh va to‘g‘ri yo‘ldan adashgan ba’zi qo‘shtirnoq ichidagi ota-onalar hatto uch yoshga ham yetmagan norasida go‘daklarini tirik yetim qilib, xuddi keraksiz buyumdek bu yerga tashlab ketishgan.
Borganimda sodir bo‘lgan voqea hali-hanuz ko‘z oldimdan ketmaydi. Bir bola deraza yonida turib, osmonga tikilib olib bir nimalar deydi. Ajablanarlisi shundaki, u boshqalardek ma’yus emas edi. Bu manzara menga juda g‘alati tuyulib, asta yoniga bordim.
– Ukajon, biror kulgili voqea yodingga tushdimi?
– Yo‘q, dadam bilan gaplashyapman. – Qarasam, tashqarida qorovuldan boshqa hech kim ko‘rinmaydi.
– Ha-a, anavi qorovul amaki sening dadangmi?
– Yo‘q, mening dadam – Quyosh. Bilasizmi, opajon, men ertalablari dadajonim bilan gaplashaman. Tunda esa oymomom menga alla aytib uxlatadi, – dedi u jilmayib. Men darhol ko‘zyoshlarimni yashirishga urindim.
Muhayyo Shoyimova
Hikoyani o’qib bo’lgach ularga tahlil qilish uchun hikoya yuzasidan savollar berish doim bo’ladi buning o’rniga ularni guruhlarga bo’lib alohida savollar berilsa, bolalar o’zlari ham o’zaro tahlil qiladilar. Ularni uch guruhga bo’lib quydagicha savollar beriladi(4-sinf uchun).

  1. Mehribonlik uyidagi boshqa bolalar nega doim humush bo’lishardi?

  2. Bolakayning ota-onasi kimlar edi?

  3. Qahramon nega ko’z yoshlarini yashirishga harakat qildi?


Download 73.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling