Keng tarqalgan ayrim kislotalar quyidagicha nomlanadi:
CH3 – (CH2)4 – COOH kapron kislota
CH3 – (CH2)5 – COOH enant kislota
CH3 – (CH2)10 – COOH laurin kislota
CH3 – (CH2)14 – COOH palmetin kislota
CH3 – (CH2)16 – COOH stearin kislota
Kislota qoltiqlari quyidagicha nomlanadi (ularni umumiy nomda atsillar deyiladi):
formil, metanoil
asetil, etanoli
propionil, propanoil
butiril, butanoli
Kislotalarning olinish usullari. Kislotalar olishning bir necha usullari ma’lum. Birlamchi spirtlarni oksidlab,
Aldegidlarni oksidlab,
M
etallorganik birikmalardan olish mumkin.
N
itrillarni mineral kislotalar yoki ishqorlarning suvdagi eritmalari bilan qo‘shib qizdirilganda kislotalar hosil bo‘ladi:
Kimyoviy xossalari: Karbon kislotalar quyidagi kimyoviy xossalarni namoyon qiladilar.
Karbon kislotalar metallar, metall oksidlari va gidroksidlari bilan o‘zaro ta’sir etib, tuz hosil qiladilar:
K
arbon kislotalarga fosforning galogenli birikmalari yoki tionil xlorid bilan ta’sir etilganda kislota galoid angidridlari hosil bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan kislota galogenangidridlarni quyidagicha nomlanishi qabul qilingan.
asetil xlorid, etanoil xlorid,
sirka kislota xlor angidridi
butiril xlorid, butanoil xlorid
moy kislota xlor angidridi
3
. Kislotalar suvni tortib oluvchi vositalar ishtirokida qizdirilganda yoki ularning tuzlariga galoid angidridlar bilan ta’sir etilganda kislota angidridlari hosil bo‘ladi:
a)
b)
Birinchi usulni hamma kislotalar uchun qo‘llab bo‘lmaydi. Ikkinchi usul esa kislota angidridlarini olish uchun qulay usul hisoblanadi.
4
. Kislota bug‘ini ammiak bilan qo‘shib suvni tortib oluvchi katalizatorlar ustidan o‘tkazilganda kislota amidlari hosil bo‘ladi:
Chumoli kislota amididan tashqari, boshqa kislota amidlari kristall moddalar bo‘lib, turli kimyoviy o‘zgarishlarga uchray oladilar.
5
. Karbon kislotalar spirtlar bilan efir hosil qilish (eterifikatsiya) reaksiyasiga kirisha oladilar. Bu reaksiya qaytar jarayon bo‘lib, muvozanat kislota katalizatorligida o‘ngga, ishqor ishtirokida esa chapga siljiydi.
Katalizator vazifasini vodorod ionlari bajaradi. Kislotaning karbonil guruhi kislorodli protonni biriktirib, quyidagi oraliq birikmani hosil qiladi (I).
Do'stlaringiz bilan baham: |