1-mavzu Organik olam evolutsiyon obyektiv jarayon sifatida. Hayotning tuzilish darajalari va asosiy tasnifi. Hayot asoslari


-mavzu Populyatsiyaning genetik va ekologik birligi. Populyatsiya evolyutsiyani elementar birligi. Fenotipik, genotipik o`z-garuvchanlik. Mutatsiya


Download 14.78 Kb.
bet5/5
Sana07.05.2023
Hajmi14.78 Kb.
#1438241
1   2   3   4   5
Bog'liq
evolutsiyadan mustaqil Xasanova

5-mavzu Populyatsiyaning genetik va ekologik birligi. Populyatsiya evolyutsiyani elementar birligi. Fenotipik, genotipik o`z-garuvchanlik. Mutatsiya.
Populyatsiya kelib chiqishi umumiy bo‘lgan, o‘zaro erkin chatishib, nasldor avlod beradigan arealning ma’lum qismida uzoq muddat mavjud bo‘lgan, mana shu turning boshqa populatsiyalaridan nisbatan alohidalashgan individlarning yig‘indisidir. «Populatsiya» so‘zi lotincha «populus» so‘zidan olingan bo‘lib «xalq», «aholi» degan ma’noni anglatadi.
O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikka ajratiladi. Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik fenotipik o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi. Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifikatsion va ontogenetik o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida genlarning diff erensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir. Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion o‘zgaruvchanlik kiradi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona gametalarining tasodifi y kombinatsiylashuvi natijasidir.
Genom mutatsiyalari. Poliploidiya – xromosomlar gaploid to‘plamining karrali ortishi. Olimlar o‘simlik urug‘lariga kolxitsin moddasi bilan ta’sir qilib ko‘plab poliploid formalar oldilar. Kolxitsin moddasi bo‘linish urchug‘ining hosil bo‘lishini buzadi va oqibatda mitozning anafazasida xromosomalar ikki qutbga tarqalmay ona hujayra markazida qoladi.Poliploidiya ikki xil bo‘ladi: avtopoliploidiya va allopoliploidiya. Avtopoliploidiya bir turga mansub organizm xromosomalarining karrali ortishi. Avtopoliploidlar muvozanatli (4n, 6n, 8n va hokazo) va muvozanatsiz (3n, 5n, 7n va hokazo)ga ajraladi. Muvozanatli avtopoliploidlar xromosomasi diploid bo‘lgan organizmlarga qaraganda poya, barg, gul, meva urug‘lari yirik bo‘ladi. Allopoliploidlar har xil turga mansub organizm xromosomalarining birlashishidan hosil bo‘ladi. Allopoliploidiya turlararo duragay organizmlardagi xromosoma to‘plamining karrali ortishidirAneuploidiya hodisasi xromosomalar soni ortishi yoki kamayishi bilan aloqador. Ayrim holatlarda meyoz jarayonida xromosomalar ikki qiz hujayraga teng taqsimlanmasligi mumkin. Bunda bir gametaga bitta, ikkita yoki uchta xromosoma ortiqcha, ikkinchi gametaga shuncha xromosoma kam taqsimlanadi.Modifi katsion o‘zgaruvchanlik. Bir xil genotipga ega organizmlarda tashqi muhit omillari ta’sirida vujudga keladigan fenotipik tafovutlar modifi katsion o‘zgaruvchanlik deb ataladi.
Gen mutatsiyalari. Gen mutatsiyasi molekular darajada ro‘y beradi. Gen mutatsiyasi ko‘p hollarda fenotipda yangi belgini rivojlantiradi. Gen mutatsiyalari nukleotidlarning soni ortishi, o‘rin almashishi bilan kechadi. DNKdagi nukleotidlarning o‘rin almashishi ikki xil:a) bir purin azotli asosining ikkinchi purin azotli asosi yoki bir pirimidin azotli asosining ikkinchi pirimidin azotli asosi bilan almashishiga tranzitsiya deyiladi;
b) purin asosining pirimidin asosi bilan, aksincha, pirimidin asosining purin bilan almashishi transversiya deb nomlanadi.
Geterozigota organizmda paydo bo‘lishiga qarab ikkiga bo‘linadi:1. Dominant mutatsiyalar. 2. Retsessiv mutatsiyalar. Dominant mutatsiyalarga polidaktiliya (ortiqcha barmoqlilik), katarakta (ko‘z shoxpardasining xiralashuvi), braxidaktiliya (kalta barmoqlilik) kabilar misol bo‘ladi. Retsessiv mutatsiyalarga gemofi liya, daltonizm, tug‘ma karlik, albinizm kabilar misol bo‘ladi.
Xromosoma mutatsiyalari. Har bir biologik tur boshqa turdan xromosomalarning soni, shakli, hajmi bilan farqlanadi. Xromosoma strukturasining o‘zgarishi bilan bog‘liq mutatsiyalar xromosoma mutatsiyalari deb nomlanadi Deletsiya – xromosoma o‘rta qismining yo‘qolishi; duplikatsiya –xromosomalar ayrim qismlarining ikki marotaba ortishi; inversiya – xromosoma ayrim qismining o‘z o‘rnini 180o ga o‘zgarishi; translokatsiya –nogomologik xromosomalarning o‘zaro ayrim bo‘laklari bilan o‘rin almashishi.
Download 14.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling